Yevropa Ittifoqi vakillari bilan Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Yevropa Ittifoqi vakillari bilan Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

EconomyMoliyaPress

Joriy yilning 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Itqisodiyot va moliya vazirligida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilxom Norqulov, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Axadbek Xaydarov va tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqining Hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riepma, Loyiha menejeri Adrian Nil ishtirok etishdi.

Tomonlar ilk uchrashuvdan mamnun ekanliklarini bildirib, Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni keng ko‘lamli yordam berish maqsadida taqdim etilayotgan 27 mln. yevro grant mablag‘lari olish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. 

Bunda, mazkur mablag‘lar Qishloq xo‘jaligining quyidagi islohotlarni amalga oshirishga qaratiladi:

  • iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish tadbirlarini amalga oshirish;
  • qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta'lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
  • oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligini ta'minlash;
  • davlat xarajatlarini diversifikasiya qilish.

Uchrashuv yakunida grant mablag‘larini olish bo‘yicha erishilishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlari kelishib olindi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi


Report Page