Yetsum: Blockchain’da Yangi Davrga Qadam
Sotuvchi.comBiz sizlarga katta mamnuniyat bilan yangi bosqichga o'tayotganimiz haqida xabar beramiz. Yetsum endi blockchainda ishga tushdi va bu bizning hamjamiyatimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Nega bu muhim?
🔹 Yetsumning Blockchain’da ishga tushishi uni yanada xavfsiz, tezkor va barqaror platformaga aylantiradi. Bu nafaqat texnik jihatdan, balki foydalanuvchilar uchun ham juda katta qulayliklar yaratadi. Siz endi Yetsumni yanada oson va ishonchli tarzda ishlata olasiz.
🔹 @Wallet telegram botida p2p savdoga qo'shilish bizning keyingi katta maqsadimiz. Bizning jamoamiz hozirda bu yo'nalishda faol ish olib bormoqda va yaqin vaqt ichida ushbu imkoniyatni ishga tushirishni rejalashtirgan. Bu esa Yetsum savdosini yanada qulay va ommabop qilishga xizmat qiladi.
Bizning rejalarga qo'shilayotgan birjalar
Biz bir nechta yetakchi kripto birjalari bilan hamkorlik qilish uchun kelishuvlar olib bormoqdamiz. Ushbu birjalar orqali siz Yetsumni boshqa aktivlarga almashtirishingiz va savdo qilishingiz mumkin bo'ladi. Bu hamkorliklar Yetsumning likvidligini oshirib, uning savdo doirasini kengaytiradi.
E’tibordan chetda qolmasin!
📉 Yaqin oylarda barcha Yetsumlarni oborotga kiritishimiz kerak, bu vaqt ichida narxning pasayishi mumkinligini oldindan aytib o'tmoqchimiz. Ammo uzoq muddatda, bu qadamlar Yetsumning barqaror narxini ta’minlash va uni mustahkamlashga xizmat qiladi.
💼 Sotuvchi.com’dagi ta’minotchilar endi targetologlarga Yetsum to'lov qilish uchun Yetsum sotib olishlari kerak. Bu Yetsumga bo'lgan talabni oshirib, uning narxi ko'tarilishiga sabab bo'ladi
Nima uchun hozir harakat qilish kerak?
⚡ Yetsumning rivoji bizning hamjamiyatimiz uchun yangi imkoniyatlar va foyda olib keladi. Agar siz hali Yetsumni ishlab topmagan bo'lsangiz, hozir ayni vaqti. Bizning jamoamiz sizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!