Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar xolidan xabar olindi
Muzrabot tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi PQ-5168-son qarori ijrosi bo`yicha targib o`tkazildi.
Ushbu qarorning 1 –ilovasi 2-bandidagi Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Markazlar tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan bo`lib, shu qaror ijrosini ta`minlash maqsadida Muzrabot tumani “Oriyat” MFYda yashovchi Abrayev Faxriddin qaramog`ida bo`lgan ota-onasidan mahrum bo`lgan chin yetimlar Abrayeva Mashhura Baxtiyor qizi hamda Abrayeva Shoira Baxtiyor qizilarni uyilariga borilib ularning yashash sharoiti bilna tanishib, xolidan xabar olindi va ularning vasiysi Abrayev Faxriddinga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
Muzrabot adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish markasi bosh yuristkonsulti F.Nematov