Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o`tkazilmoqda.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o`tkazilmoqda.

Xo‘jaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o`tkazilmoqda.

Xo‘jaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Xo‘jaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsastish markaz xodimlari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Xo‘jaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Xo‘jaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Xo‘jaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Jumladan uchrashuvlar davomida 2021 yil 15 avgustdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlashning tartibi, xususan o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni
25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilisht. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun kvartiralar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ko‘chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylardan xarid qiliish. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joylar bilan ta’minlash «onlayn-navbat» tizimi asosida amalga oshirilishi, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kollej, akademik lisey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan davrida mahalliy hokimliklar tomonidan ajratilgan uy-joylarda kommunal xizmatlarning me’yoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning ellik foizi tegishli tuman va shahar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan kompensasiya qiliishi. «Har bir oila — tadbirkor» dasturida belgilangan mablag‘lar va tartiblar doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ularning biznes loyihalarida ko‘zda tutilgan maqsadlarga kreditlar navbatga qo‘yilmagan holda ajratilishi tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtirilishi, texnikum, kollej, akademik lisey yoki OTMda o‘qiyotgan davrida har o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida subsidiyalar ajratilishi, o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarda o‘qish xarajatlari bir yilda BHMning 20 baravarigacha (4 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda kompensasiya qilinishi, o‘qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya to‘lovlari 50 foizga oshirilgan holda to‘lanishi 2021/2022 o‘quv yilidan OTMga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan SOS – bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha ravishda 1 foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari ajratilishi, 2021 yil 1 sentyabrdan o‘quv-tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar navbatsiz berilishi. Og‘ir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning xorijiy davlatlardagi jarrohlik operasiyalari bilan bog‘liq xarajatlar to‘liq miqdorda kompensasiya qilinishi tushuntirib o‘tildi.

Shu bilan birga markaz xodimlari tomonidan markazga murojaat qilishliklari uchun markaz tomonidan tayorlangan manzil va telefon nomerlar ko‘rsatilgan “vizitka”lar tarqatib berildi.


Xo‘jaobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.








Report Page