Yetim πŸ₯ƒ

Yetim πŸ₯ƒ

𝐅𝐀𝐑𝐄

10 episode

Vanya xonasini tozalab bo'lishi bilan yotoqqa o'zi qanday tashlagan bo'lsa, shu bo'yicha uxlab qolgandi. Tongga yaqin uyg'onganini telefon soatiga qarab bilib oldi. Birinchilardan turdim deb o'ylagandi. Ammo xonasidagi vannadan foydalanib bo'lib, oshxonaga tushganida bildiki oyisi undan barvaqt turgan ekan.


Vanya :.....


Jeyina xonim :......


Vanya :......

Jeyina xonim :.....


Ikkalasi ham o'z ishlarini qilib yuribdi. Jeyina xonim nimagadir juda berilib ketibdi. Qilayotgan ishi oddiy ovqat yoki bo'lmasa adashmasam shirinlik bo'lsa ham, kuyib ketmasligi uchun bor diqqatini berib qarab o'tiribdi. Oshxonaga kimdir kelgani aniq sezdi. Yoniga kelganida bu " kimdir " so'zining o'rnini " qizim " degan o'y keldi. Shunda ham qimir etmay o'tiribdi.


Vanya : bizgami?


Jeyina xonim : bugun ko'chalarda aylanib kelasan.


Vanya : bugun hali ham ko'chada aylanaman.

Norozi nigoh


Jeyina xonim : bilarmiding?


Vanya : nimani?


Jeyina xonim : buni

Gaz plita ichidagi shirinlikka ishora


Vanya : bu bizlarga emasligini bildim.


Jeyina xonim : ......


Vanya : bugun seshanba. Albatta, o'qishga boriladigan kun.


Jeyina xonim : eeyy..... Sen buni aytayotganmiding.....?


Vanya : siz nimani nazarda tutdingiz?


Jeyina xonim : e'tibor berma..... Senga keyinroq bir gap aytaman. Aytganimni qilasan.


Vanya : har doim qilganman - u....


Jeyina xonim :.....


Vanya : xop bu kimga?


Jeyina xonim : Jungkookingga

Yuzda kulgu


Vanya : ertalab barvaqtdan turib, unga shuncha vaqtingizni ketkazib pishiryapsizmi? Yana uyqungizdan kechib. Hatto kichkinaligimda ham maktabga kechikayotganimda bunchalik barvaqt turib, meni turg'azmagansiz.

1 : 1


Jeyina xonim : tentak....

Boshiga urish

Bitta shu esingda qolgan. Boshqa qilgan ishlarim esingda ham yo'q. Kasal bo'lganlaringda, dakki eshitganlaringda, yiqilib tushganlaringda, oyoq - qo'ling singanliklarida, ustozingdan gap eshitganlaringda, bekorga yig'laganlaringdagi ovutishlar, past baho olganlaringda.....

Gapni tugatolmaslik


Vanya : xop xop xop.....bo'ldi oyi bo'ldi. Men hazillashib aytgandim. Onalik mehringizni sezaman, his qilaman. Qilgan ishlaringiz mendan qaytmasa ham, nevaralaringizdan qaytsin.


Jeyina xonim :........ O'zimni erka qizim

Peshonasidan o'pish


Vanya :.....



Vanya nonushtasini qilib bo'lib, dadasining nonushta qilib bo'lishini kutib turishi kerak edi. Rouvel janob ham har bir ota singari qizini avaylab, ardoqlab yuradi. Ko'p ishlarni deb qizini uruntirib qo'ymaydi. Shunday qilib Vanya dadasining erka qizi bo'lganligi uchun o'qish joyiga piyoda borgiztirmaydi.


Vanyani o'qishga tashlab o'zi ishiga sodiqlik qilib ishxonasiga ketdi. Jeyina xonim yana bir ikki ishi bor deb Vanyaga shirinliklarni berib yubormadi. Yana pishirilishi kerak bo'lgan masalliqlar hozir oshxonada qolmaganligi sabab uni bozorga tashlab ketishlarini aytgandi. Hamma pishiriqlar pishirilib bo'lgandan keyin Vanyaning o'qish joyiga o'zi borib berib kelishini qiziga aytdi. Vanya " xop " deb qo'ydi.


Jeyina xonim bozorda


Narsalar ko'p olmasligini reja qilib olgan ayol erining narsalar ko'tarishi uchun bir xizmatkorni olishini rad etdi. Bozorda aylanib yuribdi. Negadir bugun Jeyina xonim supermarketlardan emas, ayni bozorda qilishni xohlab qoldi. Bu gapni mashina ichida aytganida oila a'zolari yalq etib qarash orqali hayor ifodasini ko'rsatishdi.


Vanya : oyim chap tarafi bilan turibdi.


Jeyina xonim : chap tarafimni tinch qo'y. O'zim shuni xohlagan bo'lsam, chap tomonimda nima ayb?


Rouvel janob : mayli qizim indama. Oying shuni xohlabdi bizlar nima ham qilardik? Agar senmi yoki menmi shu gapni aytganimizda oying aniq bu fikrimizdan qaytarardi.


Vanya :.......

Oyisiga qarab Kulish


Rouvel janob : endi oyingga bizlar hech narsa qilolmaymiz. Chunki oyingdan qo'rqamizda. Uyimizni, bizlarni bosib olgan. Bizning generalimiz!


Oxirgi gapga urg'u berib, boshini biroz yon tomonga egdi. Ruldan bir qo'lini olib, askarlar qasamyod qilayotganlarida qo'lining barmoqlarini uchi boshining peshona qismini biroz egallab turiladigan holatga keltirdi.


Mashina ichida kulgu ovozi


Jeyina xonim : haa juda qo'rqasizlarda

Kinoyali gap bilan kulish


Jeyina xonimni asablarini buzilyapti. Sotuvchi narxni biroz bo'lsa ham pasaytirmayapti. Bu yerni u supermarket deb o'ylayapti shekilli. Jeyina xonim ming marta bozorga borgan bo'lsa, yoshligida bozordan olgan hamma narsani. Bozorda ko'p narsalar bo'ladi. Har xil vaziyat, har xil holatlarga duch kelasiz. Ba'zida bu masalliqlarning narxi bo'yicha sotuvchi bilan tortushuvlar ham bo'ladi. Siz o'zingizning narxini aytib turib olasiz. Sotuvchi esa bu narxga kelmaganligini aytadi. Xullas shunday voqealar hayotning qizg'in shovqiniga aralashib ketadi.


Jeyina xonim : siz nima o'zingizni supermarket boshlig'iman deb o'ylayapsizmi?


~xola siz ham meni tushuning. Bu narxga berolmayman.


Jeyina xonim : xola....? Men hali sizga shunchalik qari ko'rinyapmanmi?

Qoshni uyib jahl qilish


~yo'q..... Unaqa ma'noda aytmadim.


Jeyina xonim : bu so'zni turlicha ma'nolari bormi hali?


~xop kechirasiz opa. Xato gapirib yuboribman....... Lekin yomon ham ezma ayol ekansiz...... Bering pulni


Jeyina xonim : aytgan narximda berasizmi?


~haa..... Hozir siz bilan bitta kolbasa narxi bo'yicha tortishsam, ancha mijozlarni yo'qotaman.


Pulini berib, kolbasani qo'lga olib kichkina sumkasini nozik xonimlardek ushlab chiqib ketayotgan ayolni ham tashqaridagi, ham ichkaridagi odamlar qarab qolishdi. Kolbasani o'zini yegusi kelgani uchun oldi. Bu hech ham begona odamga emas.


Jeyina xonim hayolida

Chiroyli va nozik qomatimni yo'qotmaganimdek, gapga chechanligim ham yo'qolmaganiga amin bo'ldim. Sotuvchilar bilan gaplashishda esa qotirib qo'yarkanman.


!?


Jungkook va Neyna


Tongni yaxshi o'tdi deyish salgina noto'g'ri shekilli. Kecha tunda bular kechagi bo'lgan voqeani muhokama qilishdi. Keyin kino ko'rishdi va...... kino ko'rishga bir nechta ovqat va mast qiluvchi spirtli ichimliklar ichishdi. Tunning davomi umuman boshqacha tus oldi. Hatto gaplariga ham yaxshigina ta'sir qildi.


Neyna : Jungkook yuzing nega bunaqa... hxm


Jungkook : qanaqa ekan?

Tirjayish

Neyna : mana bunaqa....

Qo'l bilan tegib ko'rsatish


Yuz qismiga faqat bitta barmog'ini tekkazdi. Uning akasi hali ham unga kulib qarab turibdi. Bu vaqtgacha ular miriqib kulib, turlicha o'yinlar o'ynashdi. O'yinda ba'zi bir yostiqlardan ham foydalanishdi. Xona biroz betartib bo'lib qoldi. Ular aka singildek miriqib dam olish bilan birga charchoqni ham sezishdi. Bu charchoqni esdan yoki jismidan chiqarish uchun spirtli ichimlik ichishgandir.


Ular biroz vaqtga aka singilligini unutishdi. Tashqaridan ko'ringan manzarani har qanday odam bu ikkisini sevishgan deb o'ylardi. Lekin yaqinroq surishtirganida bularni aka singil ekanligini bilgan odam o'y hayollarini bema'ni deb qo'yardi.


Qiz yigitga yaqinroq joylashdi. Yigit qizning yaqinroq joylashganiga ichidan mamnun bo'lib qizning bilaklarini qo'li orqali his qildi. Qizning yaqin joylashgani yigitga moydek yoqib tushdi. Yaqinlikni kim ham xohlamaydi?


Ko'zlar ichidagi mangulikka qorishib ketish sevishganlar uchun oddiy hol. Ular uchun eng sokin va tinch joy ko'zlarning rangidan nigohini qidirib o'tirishdir. Ko'zlardagi ma'yuslik, osoyishtalik osmondagi bulutlarning to'lqinsimon shakllariga chiroyli ko'zlar bilan hayron qolgandek qarab qolishi sherigini ham shunga majbur qiladi.


Ikki xil nafas olish.

Ikki xil jins vakillari.

Ikki xil ko'rinish.

Ikki xil tabiat.

Ikki xil ko'zlar.


Bu ikkalasini kim ham aka singil deb o'ylaydi. Diqqatli, e'tiborli odam bu ikki xil ko'rinishdagi odamni bir - biridan juda yaxshi farqlay oladi. Na o'xshashlik, na harakter, na ko'rinish bir - biriga bog'lab turmaydi. Qanday.....? Qanday buni sezmadi?


Sherikning nafas olishini ikkalasi ham hayollarida chiroyli so'zlar bilan tasavvur qilish bilan ovora. Yuz ifodalarini fikrlar bilan emas, qalbi bilan his qilish bilan ovora. Ko'zlar ba'zi vaqtda yuzning boshqa sohalarini ham o'rgangisi kelib qarab chiqmoqda.


Qosh va ko'z birgalikda ajoyib uyg'unlikni chiqarganki, ulardan ba'zida kamchilik qidirib qoladi odam. Ikkalasi biriga shunchalik bog'lanib qolganki, ularni ajratib qo'ysa, hayolan hech narsa bo'lmaydigandek. Ammo qalbda qandaydir janjal bo'ladi. Ularda nima aybki, ajratish kerak? Senga nima zarari tegdi?


Birining nafas olish o'zgardi. Buni sherigi payqa yoki yo'q. Bilishning faqat bir usuli bor.


Sekin astalik bilan bo'yin tomon nafasini teggiztirib terini yondirmoqchi. Buni amalga oshirib lab qismini teriga bosdi. Qo'llar ham bekor qolgani yo'q. Ehtiyotkorlikni ularga uqtirib yo'nalish tomon olib bordi. Lekin bir tovush......


Neyna : xur.... Xur....xur...xur

Xurrak otish


Jungkook asta singlisidan uzoqlashdi. Uzoqlashgani biladi xolos. Oldidagi qiz bor gavdasini unga tirab turganligini uni yuz ifodasini bilish uchun orqaga surilganida qizning bosh qismi yelka qismiga tegdi. Bo'yindan pastki tana qiyshayib ketaverdi. Shunday kelib chiqadiki, Neyna akasining quchog'ida.


Ajoyib manzara


Biroz kulgu


Tanaga teginish


Kravatga yotqizish


Yuz qismini o'pmagan joy qoldirmaslik


Yoniga yotish


Ikkalasi ham spirtli ichimliklarni uyg'onganida ayblashlari aniq edi. Lekin bir kishi ularda emas, ayni damda o'zidaligidan kelib chiqib, jimlikni va jinnini yoqib o'tiradi.

Xonaning shiftiga qarab hayollar og'ushida suzib yuribdi. Yonidagi sohibjamolga ham nigohini tashlashni unutmayapti. Unga qarab boyagi hayollari boshqa tomonga ketayotganini qizga termulib qolganidan sezsa bo'ladi.


Qizga xohish


Hayollarini yana o'z holiga qaytarish uchun zerikarli deb tuyayotgan qalbi bilan urushib shiftga yana qaradi. Uning spirtli ichimlikka mastligi nega tutmayotgani fikrlari aniq va ravshan qilib beryapti. Qizda voqealarning ko'p bo'lmaganligi uchun xurrak otib qattiq uyquda. Qizning xurragi ba'zida quloqqa eshtilib Jungkookning kulgusiga sababchi bo'lyapti.


Fikrlari aniq bo'lishiga bunday voqealarga spirtli ichimliklar ichishi ko'pligi sabab unda mastlik holati yuz bermadi.


Uyqu kelmaslik


U yoqqa qarab yotdi, bu yoqqa qarab yotdi hech uyqusi kelmayapti. Neynaga qarab termulib yotdi. Unga biroz vaqt termulib miyyasida bir fikr mavj urdi. Uyqusi aniq kelmasligini bilib unga teskari qarab yotdi.


Soatga qarash


23 : 30


Tun yarmiga kelishiga 30 minut bor. Bunday vaqtda u nimadirlar bilan* band bo'lardi.


Zerikishdan o'lish

Va uyqu ham bunga qo'shilib qo'yish


15 minutdan keyin.


Yotoqdagi ikki tana vanihoyat uyquning yoqimli hislarini ta'tib ko'ryapti. Bu ikki jins vakillari jinslariga ham, qondoshligiga ham, xonaga kimdir kirishiga ham " tupurib qo'ydik " degan ma'noda bir biriga yaqinlikni baham ko'rishyapti.

Birining qo'li bel qismida, biriniki esa yelka orqa qismida. Neyna yoqimli* ovozi bilan tushlarida sayr qilib yurgan bo'lsa, akasi bo'lmish Jungkookda tushlarini ayni bir so'zlar bilan ta'riflab bo'lmaydi. Har qanday odamni tushini hatto o'zi ham dunyolarcha gapirsa ham, qandaydir ichida nimadirni aytmagandek, nimadir qolib ketagandek bo'ladi.


Ko'chada


Mashinaning sveti xona ichiga tushdi. Ya'ni birinchi qavatdagi xonaga. Svetni o'chirib yoqaverdi. Uning maqsadi xonadagilarni uyg'otish. Xona sveti ham yondi. Bu ko'p kuttirmadi.


Deraza ochilish


Mashina ichidagilar hayron qolishdi. Xona derazasini boshqa bir ayol ochdi. Sochlari kalta bo'lsa ham, tok urgandek tikka - tikka turibdi. Bu esa ayolning husniga husni qo'shyapti*.


Mashina ichidagi suhbat :

- xona aniq shumi?


~ ha...aaa

ikkalanib


- ha deyishinga qaraganda qovoq kallang bilan yalmog'iz kampirning uyini topgansan shekilli


~ unisini bilmadim-u, lekin adashganligim aniq


- voy aytmaganingda bilmaskanman.


~ shuning uchun aytdimda!


- sen o'zi bir ishni yaxshi qilganmisan?


~ haa


- yog'ee bilmaskanman.... Aytchi qaysi ish ekan. Keyin man ham uni senga aytardim


~ yalmog'iz kampirni uyini topish.... Hozir o'zing shunday deding


- ha to'g'ri sen faqat isqirt zarar keltirishni bilasan


~ sen esa shu zararlarni ham keltirishni bilmaysan. O'rgan mendan.

Yoqa qismini oldinga tortib qo'yish


Derazani ochgan ayol : KIMSIZLAR ...? NEGA KECHQURUN HAMMANI BEZOVTA QILIB UYQUSINI BUZYAPSIZLAR?


Ular bahslashayotganida ham mashina hech qayerga siljimagandi. Ular shunchalik tortishuvga berilib ketgandiki , ketishni hayollariga ham keltirishmagandi. Sababi rejani puxta deb o'ylab shu yergacha ancha vaqtlarini ketkazib muhokama qilishganliklarida edi. Albatta alam qiladi. Reja yaxshi ketmayotganini uzoqroqdagi sheriklari mashina sveti o'chib, u yerdan siljimayotganidan payqadi. Bir - birlariga nigohlarini tashlab chiroyli gaplar orasida so'kinishni* ham sheriklari bilan baham ko'rishdi.


Qanday ajoyib


- SIZGA NIMA XOLA ? UXLAYVERMAYSIZMI?


Ayol : EYE UYQUMNI BUZGAN SIZLARKU


~KO'ZIMIZ UCHIB TURGANDI UYQUNGIZNI BUZAMIZ DEB


Ayol : UCHIB TURGAN KO'ZLARINGNI UYIB OLAMAN. KEYIN KO'RA OLOLARMIKANSAN?


- SIZNI BU XONADALIGINGIZNI BILMABMIZ XOLA!!!


Nariroqdagi sheriklaridan biri : pastroq gapir. Hozir butun uy bizni bilmasvoy qiladi. Keyin yuramiz miyyamiz qayerda edi deb. (pulni nazarda tutyapti)

ularda quloqchin bor. Shu orqali gaplashadi.


Ayol : HA BIRORTA BIR YOSH QIZNI KUTGANMIDING? QICHIB QOLDIMI?


- xola ham gapdan qolmas ekan. Hayda


~ yomon zo'r xola ekan. Manga yoqib qolgandi. Gapga chechak ekan. Yaxshigina gaplashib o'tiruvdik.


Ayol : HAAa JUVORMAK..... HOZIR KO'RARINGNI KO'RASAN


~Endi xola yoqmay qoldi.


- XOLA SHU SO'ZNI OLDINROQ AYTMAYSIZMI?

Boshini mashina derazasidan chiqarib


~ o'chir ovozingni


Boshqa sheriklari : biz qolib ketmaylik xolajonni erka o'g'li


Hamma baravariga kulgu ovozini eshitdi.


Β¬ suyukli ham demading.


Β¬ keyingi safargi suhbatida xolani o'zi gaplari bilan suyukli ekanligini aytadi


- ha sizlarga mavzu topildi.


Β¬ xonani adashtirmaslik kerak edi. Landovurlar


Β¬ yo'q. Ular atayin qilishgan.


Β¬ qichib qolganligi uchun


Kulgu ovozlari. Mashinada har xil kulgu ovozlar eshitildi. Bir birlariga yoqimli*, chiroyli* ovozlari bilan sheriklarining yuzlari burishiga sabab bo'lmoqda. Bu albatta reja buzilganlida kayfiyatni tushirmaslik deyiladi. Bo'lar ish bo'ldi. Baribir endi qog'ozga o'ralgan holda dakki eshitishadi.

To be continue

Writer : 𝐅𝐀𝐑𝐄


10 episode


#........Jimlik.......Sukunat........#

Report Page