Yerlarni muhofaza qilishdagi hamkorlik

Yerlarni muhofaza qilishdagi hamkorlik


Bugungi kunda Yerlardan samarali foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish, yerlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar talon-toroj qilinishining oldini olish, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-138-sonli qarori bilan bu boradagi ishlarni amalga oshirishga qonuniy asos yaratildi.

Qaror bilan, yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlarini oldini olish, tizimga raqamli texnologiyalardan keng joriy qilish hamda yagona nazorat tizimi orqali vakolatli idoralar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish belgilab berildi.

Bugun ushbu qarorni Namangan viloyatida samarali va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Namangan viloyati prokuraturasining bo‘lim prokurori X.Temirov, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat, tuman, shahar bo‘lim hamda filial rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i B.Pazilov olib bordi.

Unda viloyat prokuraturasining masʼul prokurori, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Habibullayev, boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, Yer nazorati bo‘limi mutaxassislari o‘zaro fikr almashdilar.

Shuningdek yerga oid qonunbuzarliklarni barvaqt aniqlash masalalarida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Xalqimizning va mamlakatimizning eng asosiy va bebaho boyligi, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida muhim vosita hisoblangan yer resurslaridan unumli va oqilona foydalanishni taʼminlash masalalarida hamkorlik ishlarini davom ettirish kelishib olindi. Bu o‘z navbatida, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishda xizmat qiladi.


Matbuot xizmati.

Report Page