Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala


Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat rahbarining 2023-yil 21-noyabrdagi “Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan,  tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hakimov, Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov, Viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Ismatillayevlar qatnashdilar. A.Hakimov majlisga raislik qildi va umumiy holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Tadbirda Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri, Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi, DKP viloyat boshqarmasi, Viloyat soliq boshqarmasi, Viloyat fermer dehqon va tomorqa xo‘jaliklari kengashi va masalaga aloqador tashkilot rahbarlari va vakillari jami 110 nafardan ortiq mutaxassislar ishtirok etdilar.

Unda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursinbaev viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va Davlat rahbari topshirig‘ini bajarish uchun Viloyat adliya boshqarmasi bilan ishlab chiqilgan 9 bosqichdan iborat yo‘l xaritasini ijrosi yuzasidan axborot berdi. Viloyat adliya boshqarmasi vakili yig‘ilganlarning masalaga oid savollariga javob berdi.

Tadbirda topshiriqni bajarishga mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, ish sur’atini yanada oshirish yuzasidan kerakli topshiriq tavsiyalar berildi.


Matbuot xizmati.



Report Page