Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala 

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala 


Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat rahbarining 2023-yil 21-noyabrdagi “Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan,  tanqidiy va tahliliy tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hakimov, Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov qatnashdilar. A.Hakimov majlisga raislik qildi va Viloyat hokimi Sh.Abdurazaqovning topshirig‘ini barcha qatnashchilarga yetkazib, umumiy holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Tadbirda Viloyat adliya boshqarmasi, Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri, Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi, DKP viloyat boshqarmasi, Viloyat soliq boshqarmasi, Viloyat fermer dehqon va tomorqa xo‘jaliklari kengashi va masalaga aloqador tashkilot rahbarlari va vakillari jami 110 nafardan ortiq mutaxassislar ishtirok etdilar.

Unda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursinbaev viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va Davlat rahbari topshirig‘ini bajarish uchun Viloyat adliya boshqarmasi bilan ishlab chiqilgan 9 bosqichdan iborat yo‘l xaritasini taqdimotini qildi. Viloyat adliya boshqarmasi vakili yig‘ilganlarning masalaga oid savollariga javob berdi.

Tadbirdan topshiriqni bajarishga mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda ish tashkil qilishga kelishib oldilar.



Matbuot xizmati.


Report Page