Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi


Avval xabar beganimizdek Kadastr agentligi direktori tomonidan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun boshqarmaning 2 ta doimiy va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida 14 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yerlarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.

Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 35 dan ortiq uchishlar tashkil qilinib, 253 ta holatda 6,67 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash aniqlandi.

Birgina misol, Kadastr agentligi Yangiqo‘rgon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida “Ko‘kyor” MFY hududida yashovchi fuqaro M.M tomonidan o‘zboshimchalik bilan qishloq markazida 0,1 gektar maydonni egallab, 30 kv. metriga noqonuniy qurilish qilgan. Fuqaroga MJtK ning 60-moddasi 3- qismi bilan tegishli chora ko‘rildi. Hamda 15 kunlik muddatda o‘z hisobidan bartaraf etish (buzib tashlash to‘g‘risida) ogohlantirish berildi. Fuqaro M. M. tomonidan berilgan ogohlantirishlardan o‘ziga tegishli xulosa chiqargan holda o‘z hissobidan bartaraf etildi (buzib tashlandi).

Tadbirlarda asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra nazorat tadbirlari Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Namangan va Norin tumanlarda ham faol olib borilmoqda.


Bizdan uzoqlashmang, Yer nazorati tadbirlari haqida Sizlarni xabardor qilib boramiz.

Matbuot xizmati.


Report Page