Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

Kadastr agentligi, Axborot xizmati

Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-1-moddasiga asosan;

Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa;

— Bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan toʼrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sugʼoriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda oʼzboshimchalik bilan egallab olish;

 — Bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan, agar u oʼzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda taʼminlasa hamda oʼzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf etsa, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʼllanilmaydi.

Report Page