Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) tartibini bilasizmi?

Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) tartibini bilasizmi?

ST

Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) qanday tartibda amalga oshiriladi?

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 23-moddasiga asosan yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi.

Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) 1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion vositasida, 2) doimiy foydalanishga berish — ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan, 3) ijaraga berish — ochiq elektron tanlov va elektron onlayn-auksion vositasida, shuningdek ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, xususiy mulk bo‘lgan yer uchastkasini ijaraga berish uning mulkdori tomonidan amalga oshiriladi.

Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganidan (qayta sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.Sanoat korxonalari, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, aloqa va elektr o‘tkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lgan yerlar yoxud qishloq xo‘jaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). O‘rmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan o‘rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi.

 Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan naturada (joyning o‘zida) belgilanganiga hamda yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilganiga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi. Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


Qo‘shmurod Maxamadjonov

Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudi sudya yordamchisi 


Report Page