Yer nazorati maxsus dronlar yordamida amalga oshirilmoqda
Bugun Namangan viloyati bo‘yicha olib borilayotgan Yer nazorati ishlari ko‘lami yanada kengaydi. Viloyat kadastr tizimida tuzilgan boshqarmaning 2 ta doimiy va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 14 ta Ishchi guruhlar hududlarida maxsus dronlar yordamida yerlarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha yer nazorati tadbirlarida umumiy 174 ta holatda 7,7 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallanganligini aniqladilar.
Tadbirda Ishchi guruh aʼzolari asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.
Birgina misol, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan dronlar yordamida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “Shahand taraqqiyoti” massivi, 194-konturda fuqaro J.T tomonidan “Sirdaryo” mintaqa hududiga 0,12 gektar o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 60-modda 3-qismi (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish) bilan BHM ning bir yuz ellik baravari miqdorida jarima qo‘llanildi. Noqonuniy qurilishni o‘z hisobidan bartaraf qilinmoqda.
Yer nazorati tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.
Matbuot xizmati.