Yer nazorati. Qonuniylikni ta’minlash

Yer nazorati. Qonuniylikni ta’minlash


Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, undan unumli foydalanish va o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

Joriy yilning 1-may kunidan boshlab viloyatimizda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati ishlari olib borilmoqda.

Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 95 marotaba uchishlar tashkil qilinib Ishchi guruhlar tomonidan 565 ta holatda 71,3 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

Shu kunlarda Ishchi guruh a’zolari asosiy ahamiyatni, aholi punktlaridagi yo‘llarga, aholining va haydovchilarning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan yo‘llar chetiga hamda piyodalar yo‘lakchalariga o‘zboshimchalik bilan qurib olingan har xil savdo shaxobchalariga qaratilmoqda.

Natijada yo‘l infratuzilmasiga kiruvchi yerlarda 255 holatda 4400 kv. metrdan ziyodi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

Aniqlangan barcha huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha 321 nafar fuqarolarga yozma ogohlantirish berildi. Ulardan 285 nafar huquqbuzarlik oqibati tushuntirilgandan keyin to‘g‘ri xulosa chiqarib kamchiliklarni bartaraf etdilar.

Birgina misol, Norin tumani “Tepaqo‘rg‘on” MFY hududida fuqaro T.Q. tomonidan 80 kv. metr ko‘chani egallab, hech qanday hujjatlarisiz savdo shaxobchasi qurgan. Bu holat bo‘yicha MJtK 60-modda 2-qismi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi hamda 15 kunda noqonuniy qurilmalarini bartaraf etish bo‘yicha yozma ogohlantirish berildi. Hozirda fuqarolar tomonidan ushbu xolat o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf etildi.

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi ogohlantiradi:

Barcha yer nazorati tadbirlari “O‘zbekkosmos” agentligi bilan va zamonaviy maxsus dronlar yordamida olib borilmoqda. Shu sababli noqonuniy qurilishlar tezda aniqlanadi va tegishli qonuniy chora ko‘riladi.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan noqonuniy qurilish qilmaslikni, ko‘cha chetlarini, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmaslikni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlaringizni so‘rab qolamiz.


Bizdan uzoqlashmang, Yer nazorati tadbirlari haqida Sizlarni xabardor qilib boramiz.

Matbuot xizmati.



Report Page