Yer munosabatlarini rivojlantirishda xorij tajribasi

Yer munosabatlarini rivojlantirishda xorij tajribasi


Bu yil Konstitutsiya qabul qilinganiga 32 yil to‘ladi.

Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya xalqimizning buguni va ertasi uchun belgilab berilgan maqsad va vazifalarni o‘zida aks ettirgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)Ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda ham Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyati xususida so‘z bordi.

Xususan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq, respublikamizda qishloq xo‘jaligi yerlarida yer islohotlarni rivojlantirish, yerlar bozorini shakllantirish va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror boshqarish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)Ning yer tuzish va huquqshunoslik yo‘nalishidagi xalqaro konsultantlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Adliya vazirligining ushbu yo‘nalishdagi masʼul xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari bozorini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi yerlarida islohotlarni amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, oilaviy fermerlikni rivojlantirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasini qabul qilish, yerdan foydalanishda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Seminar doirasida amalga oshirilgan ishlar ham har tomonlama tahlil qilinib, bu bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va salohiyatni rivojlantirish orqali mintaqaviy hamkorlikning yaxshi ishlaydigan mexanizmi yaratilgani ham qayd etildi.

Report Page