"Yer islohotlarini rivojlantirish" mavzusi bo‘yicha idoralararo konferensiya bo‘lib o‘tdi.

"Yer islohotlarini rivojlantirish" mavzusi bo‘yicha idoralararo konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Kadastr agentligi Axborot xizmati

2021 yil 16 noyabr sanasi Jahon bankining yer va geofazoviy aspektlar bo‘yicha global maslahatchilari hamda Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Kadastr agentligi rahbarlari, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli mutaxassislari ishtirokida "Yer islohotlarini rivojlantirish" mavzusi bo‘yicha idoralararo konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida xorijlik mutaxassislar tomonidan O‘zbekistonda yer islohotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirilgan bo‘lsa, yer islohotlariga jalb qilingan ijrochi idoralar tomonidan ko‘chmas mulklarni kadastr baholash bo‘yicha taqdimot amalga oshirildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar bilan bo‘lishildi.

Konferensiya yakuniga ko‘ra, xorijiy va mahalliy ekspertlardan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekistonda yer islohotini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xarita ishlab chiqilishiga kelishildi.

Maʼlumot o‘rnida: joriy yilning 10-20 noyabr kunlari doirasida Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda yer islohotlari, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish tizimlarini modernizatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan missiya tashrifi doirasida 17-18- noyabrda O‘zbekiston-Gruziya mintaqalararo o‘zaro tajriba almashishga bag‘ishlangan davra suhbati ham ko‘zda tutilgan.



Report Page