Yer dronlar nazoratida

Yer dronlar nazoratida


Bugun Namangan viloyati bo‘yicha olib borilayotgan Yer nazorati ishlari ko‘lami yanada kengaydi. Viloyat kadastr tizimida tuzilgan boshqarmaning 2 ta doimiy va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 14 ta Ishchi guruhlar hududlarida maxsus dronlar yordamida yerlarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha yer nazorati tadbirlarida umumiy 88 ta holatda 7,70 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallanganligini aniqladilar.

Undan yer nazorati tadbirlari davomida 11 ta holatda 2.5 gektar yerlar maxsus dronlar yordamida va 77 ta holatda 5.5 gektar yer maydonlari aholi yashash joylarida qonun buzilish holatlari aniqladilar.

Tadbirda Ishchi guruh aʼzolari asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

Birgina misol, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilayotgan yer nazorati tadbirlarida tumanning “Mashʼal” MFY hududida fuqaro M.M. tomonidan o‘ziga tegishli yer maydoniga tutash bo‘lgan, davlat zaxirasidagi 0.04 gektar yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan 120 kv.m qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKninig 60-modda 3-qismi (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish) bilan BHM ning bir yuz ellik baravar miqdorida jarima qo‘llanildi.

Yer nazorati tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.


Matbuot xizmati.

Report Page