“Yengilmas. Tokioga yo‘l” badiiy filmi yangi bosqichda.

“Yengilmas. Tokioga yo‘l” badiiy filmi yangi bosqichda.


   Keyingi yillarda Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan filmlar nafaqat respublikamizda, balki xorijda ham alohida e’tirof etilayotganligi hech kimga sir emas. O‘tgan 2023 yilda o‘zbek kinoijodkorlari kinofestivallarda ishtirok etib, milliy filmlarimiz orqali 56 ta xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritganligi bunga yaqqol misoldir.

      Kuni kecha “Renessans kino uyi”da bir necha karra Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolovning boks olamidagi g‘alabalari, sportning mashaqqatli mehnati, ona-Vatanni sevish, o‘zbek boksini butun dunyoga tarannum etishdagi jasoratlarini aks ettiruvchi nomli  badiiy filmiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Anjumanda Yaponiya elchixonasi vakillari, Yaponiyalik hamkorlar, Boks federatsiyasi rahbariyati, sportchilar, kinoijodkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirni Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi.

“ - Muhtaram Prezidentimiz tomonidan kino san’atiga berilayotgan e’tibor natijasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikdagi loyihalarimiz yil sari ko‘paymoqda. Avvalo bunday yuksak e’tibor va ishonch uchun Yurtboshimizga o‘z minnatdochiligimizni bildiramiz. Biz ham o‘z navbatida, o‘zbek millatini nufuzini ko‘rsata oladigan yangi filmlarni xorijiy hamkorlar bilan suratga olib, jahon ekranlarida namoyish etish uchun barcha imkoniyatlarimizdan foydalanayapmiz.” – dedi Firdavs Abduxoliqov. 

Shu bilan birgalikda, Agentlik rahbari ushbu film Surxondaryo viloyati hokimligi va Boks federatsiyasi bilan hamkorlikdagi loyiha ekanligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. Yaponiya elchixonasi hamda hamkorlar ko‘magida yangi loyihalar ham rejalashtirilayotganini aytib, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu filmni suratga olish ishlari joriy yilning aprel oyida Yaponiya davlatida ham amalga oshiriladi.

Yaponiyalik  “Heisei Project Ink” prodakshn kompaniyasi prezidenti Yumiko Masuda va menejer Kotaro Okado tadbirda o‘zbek milliy kinolari bilan yaxshi tanish ekanligini va bu loyihani hamkorlikda suratga olib, oktabr oyida Tokioda o‘tkaziladigan kinofestivalda birgalikda ishtirok etishni rejalashtirayotganligini aytib o‘tdilar.

“- Men “Men o‘tgan yili Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok edim. Kinofestival juda nufuzli darajada o‘tganligi bizni hayratlantirdi. Jahonning mashhur kinoyulduzlarining ishtirok etishi va yetakchi xorijiy kinokompaniyalar bilan tuzilgan memorandumlar o‘z natijasini berayotganligiga guvoh bo‘ldim. Shuning uchun ham men bu hamkorlikdan juda mamnunman. Uylaymanki, ushbu loyiha ikkala davlat uchun ham manfaatli bo‘ladi. Biz birlashib, filmni tayyorlab, xalqaro kinofestivallarda ham g‘olib bo‘lishimizga ishonaman”- dedi  “Heisei Project Ink” prodakshn kompaniyasi prezidenti Yumiko Masuda. 

“- Men ushbu anjumanda qatnasholmayotganim uchun ming bor uzr so‘rayman. Chunki hozir xorijda xizmat safaridaman. Ushbu kino orqali yoshlarimiz vatanparvarlik tuyg‘usini his qiladi degan umiddaman. Filmning ijodiy guruhiga omad tilayman. Hamma tashkilotchilarga rahmat” – dedi mashhur bokschi Bahodir Jalolov o‘z videomurojaatida.


 Mazkur film ko‘pchilik kino mutaxassislari va tadbir ishtirokchilarining qiziqishlarini oshirdi va xalqimiz va Yaponiyaliklar uchun munosib tuhfa bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

Matbuot anjumanida Kinematografiya agentligi hamda “Heisei Project Ink” prodakshn kompaniyasi bilan hamkorlik yuzasidan Memorandum va “Conglomerate studio” kinostudiyasi bilan shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun, Agentlik tomonidan o‘tgan ikki yil davomida sportchilar haqida 20 dan ortiq hujjatli, 10 qismli animatsion filmlar va bokschilar hayoti haqidagi 10 dan oshiq roliklar ishlab chiqarilgan. Bu yil esa hujjatli va animatsion filmlar bilan bir qatorda 3 ta to‘liq metrajli – “Yengilmas. Tokioga yo‘l”, “Matonat” va “Hayot formulasi” badiiy filmlari suratga olinishi rejalashtirilgan.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.


Report Page