Yengil shamol
Akmaljon AbdurahimovAfsuski uyda 4 devor orasida kitob o’qish ham kunglimga sig’madi va yana sayr qilish fikriga qaytib keldim.

Bugun saharlikdan so’ng nimagadir juda og’ir bo’lib uyg’ondim va kun davomida shunday bo’ldi.
Nima qilishni bilmay, har doimgi mashg’ulotim, sayr qilish hayolimga keldi. Lekin shunday jazirama issiqda nima qilaman hozir sayr qilib deb o’ylanib ham qoldim. Yaxshisi kitob o’qiy qolay, kitob o’qimaganimga ham ancha vaqt bo’ldi deb kitob o’qimoqchi bo’ldim.
Afsuski uyda 4 devor orasida kitob o’qish ham kunglimga sig’madi va yana sayr qilish fikriga qaytib keldim 😅.
Kiyinib endi eshikdan chiqmoqchi bo’lganimda hayolimga o’zim bilan kitob olib chiqish keldi va shunday qildim. Qo’limga oxirgi marotaba o’qigan lekin hali o’qib tugatmagan kitobim “Zappos: Baxt yetkazish” degan kitobni oldimda sayrga chiqdim.
Kitob o’qish uchun joy izlashni boshladim. Taxminan 5 daqiqa yurib bir o’rindiq ko’rdim lekin unga utirmadim, atrofi chiroyli edi, yam yashil, salqin. Lekin nimagadir o’rindiq yonidan utib ketdim.
Yana 5-10 daqiqa yurib yana bir o’rindiq yonidan utib ketdim, unga ham nimagadir utirmadim, sababini bilmayman shunchaki hayol surib ketayotganmidim bilmadim. O’zimda emas edim. Menimcha ozgina yurib sayr qilishni xohlagan bo’lsam kerak.
Xullas yurishni davom ettirdim va yul ikkiga ajraldi (o’ng tomonga va to’g’riga) Men to’g’ri yurib kelayotgandim va nimadir o’zgarishini xohladim. Keyin o’nga qayrildim va 5 daqiqa yurib bolalar o’yingohiga kuzim tushdi. Nimagadir oyoqlarim usha tomon meni olib ketdi.
Yetib borib bir o’rindiqga utirdim. O’yingohda 1-2ta bolalar o’ynayotgan edi. Men esa kitobimni ochib o’qishni boshladim. Chamasi 5-10 daqiqa o’qisam kerak bu holatimga deb o’yladim soat 10:36 edi.
Ozgina vaqtdan keyin esa hamma narsa esimdan chiqib ketdi, soatga qarasam 11:25. O’rnimdan turishimni bilaman shunaqangi yengil shamol keldi, xuddi yelkamdagi hamma yukni uchirib ketgandek bo’ldi. O’zimni juda ham yengil his qildim buni so’z bilan tariflab berolmayman faqatgina his qilish mumkin edi.
Ishonasizlarmi xattoki yurayotgan vaqtim ham juda yengil yurdim, bilmadim hozir siz so’zlarim orqali buni tasavvur qila olasizlarmi yoki yo’q ammo shunday hissiyotni men kitob o’qishdan so’ng his qildim.
Bugun yana bir bor amin bo’ldimki kitob o’qish nafaqat sizga kerakli bilim balki undanda ko’proq ajoyib hissiyotlarni ham berar ekan. Qanday hissiyotlar ekanligini bilishni istasangiz siz albatta o’zingiz yoqtirgan yoki bironta bir janrdagi kitoblarni o’qib ko’rishni tavsiya qilaman.
Kuningiz xayrli bo’lsin!