Yaxshi oʻqituvchini oddiy oʻqituvchidan ajratib turadigan 5 fazilat
1. Yaxshi oʻqituvchi oʻquvchilarini hurmat qiladi va ularning tuygʻularini pastga urmaydi.
Ularni nafaqat “taʼlim oluvchi” va “tarbiyalanuvchi”, balki inson sifatida qabul qiladi, bolalarning his-tuygʻularga boʻlgan huquqini tan oladi. Maktab oʻqituvchisi tayyorgarlik darajasidan qatʼi nazar, barcha oʻquvchilar bilan diqqat bilan ishlaydi: u sabr bilan tushuntiradi va agar hamma ham darhol anglay olmasa, gʻazablanmaydi.
2. Yaxshi oʻqituvchi ham bolalarga, ham oʻziga talabchan
Aynan shu uygʻunlik muhim ahamiyatga ega – sababi bolalar oʻqituvchi shunchaki topshiriqlarni bajarish yoki qoidalarga rioya qilishni talab qilmayotganini, balki oʻzi ham ularga rioya qilib, vaʼdalarni bajarayotganini koʻrishadi. Shu tariqa u rivojlanadi, oʻz faniga qiziqadi - u ilmiy voqealar, kashfiyotlardan xabardor, oʻqitishning turli usullarini biladi va ulardan foydalanadi. Oʻqituvchining oʻzini oʻzi qadrlashi ham koʻp jihatdan shunga bogʻliq.
3. Yaxshi oʻqituvchi sinfda sogʻlom hissiy muhitni saqlaydi: undan qoʻrqishmaydi, unga savollar berishadi, unga ishonishadi
Albatta, oʻqituvchi va bolalar oʻrtasida bir oz masofa boʻlishi kerak, ammo ishonchli munosabatlarni oʻrnatish va saqlab qolish muhimdir. Bolalar dars davomida yoki undan keyin oʻqituvchidan nimanidir aniqlab olishlari, muammolari haqida gaplashishlari, maslahat soʻrashlari, fikrlari, gʻoyalari bilan oʻrtoqlashishlari mumkinligini bilishlari kerak. Ana shundagina ular unga quloq solishadi. Bola uchun uning fikri yoki hissiyotlariga nisbatan kattalarning befarq boʻlmasligi juda muhimdir.
4. Yaxshi oʻqituvchiga maktabda ishlash qiziq va charchoqni qanday yengishni biladi
Kasbning muammolaridan biri bu hissiy charchashdir. Oʻqituvchining ishi aloqa oʻrnatish, katta masʼuliyat va bosimni talab qiladi. Charchoq koʻpayib borib, mehnatga boʻlgan ishtiyoqning sezilarli pasayishi kuzatiladi. Bu oʻqitish sifatiga taʼsir qilishi mumkin. Ish unumi pasayishini sezish va kuchni tiklash muhimdir.
5. Yaxshi oʻqituvchini bolaning butun hayoti qiziqtiradi
Oʻqituvchi nafaqat bolalarning maktabdagi yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklaridan xabardor, balki ularning maktabdan tashqaridagi yutuqlari va qiyinchiliklari, shaxsiy qiziqishlari va sevimli mashgʻulotlari haqida ham biladi. Bu bolaning shaxsiyati haqida toʻliqroq tasavvurga ega boʻlishga va oʻzaro aloqaning eng yaxshi usulini topishga yordam beradi.
Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇