Yaxshi oʻqituvchi koʻp savol beradi

Yaxshi oʻqituvchi koʻp savol beradi

Respublika ta'lim markazi

Sinfda bolalar pashsha qoʻrib oʻtirishadi, oʻqituvchi esa doskada nimadir deb mingʻirlaydi, bunday vaziyatda oʻquvchilardan yuqori natijalarni talab qilish gʻalati. Bugun sinfda siz qanday oʻzgarishlarni amalga oshirishingiz mumkinligi bilan oʻrtoqlashamiz.

1. Qatʼiy boʻling

Oʻqituvchilar koʻpincha dars mashgʻulotlari bilan bogʻliq muammolar haqida gapirishganda oʻquvchilar oʻqituvchi ular uchun oʻylab topgan modelga mos kelmasligini aytishadi. Ayrim oʻqituvchilarning oʻzligi xato qilishlarini tan olish kerak. Masalan, sinfda oʻquvchilar shovqin-suron qilishayotganida u biron bir narsani tushuntirishni davom ettiradi, bolalar diqqatni jamlashni toʻxtatganiga eʼtibor bermaydi, ularni dars jarayoniga qaytarishga urinmaydi.

2. Koʻproq savollar bering

Tajribali oʻqituvchilar koʻplab savollarni berishni yaxshi koʻrishadi va bu bilan butun sinfni qamrab olishga harakat qilishadi.

Sinfda “doim javob beradigan” guruh boʻlmasligiga harakat qiling. Bilamizki, har qanday savolga javob berishga tayyor bolalar bor, ular doimo qoʻllarini koʻtarishadi, hatto oʻtirgan joylaridan javoblar bilan baqirishadi. Sizning vazifangiz bu guruhning butun sinfda hukmron boʻlishiga yoʻl qoʻymaslikdir.

Sekin-asta “jim oʻtiradiganlar” ni ham jarayonga jalb qiling.

Oʻzingizni bitta savol bilan cheklamang. Har bir javob uchun siz uning davomini oʻylab koʻrishingiz mumkin. Masalan: “Nega ikkiga ikkini qoʻshganingda javobini toʻrt deb oʻylayapsan?”.

Sinfga “Hamma mavzuni tushundimi?”, “Savollar bormi?”, “Nima qilishni bilib oldinglarmi?” kabi savollarni berishdan saqlaning.

Siz savollar berasiz, lekin sinfni imkon qadar qamrab ololmaysiz. Bunday holda, bir xil savolni har xil oʻquvchilarga berishdan qoʻrqmang, quyidagilarni soʻrang: “Sen shunga rozimisan?”, “Sen boshqacha tushuntira olasanmi?”, “Sen qanday javob bergan boʻlarding?”. Sinfni doimiy ravishda “skanerlash”, barchaning ishtirokini aniqlash, bolalarning tezda oʻyinni tark tishiga yoʻl qoʻymaslik muhim – ularda “men javob berganimdan beri menda hammasi yaxshi” degan fikr uygʻonmasin.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram


Report Page