“Yashil to‘lov” platformasi joriy qilinadi

“Yashil to‘lov” platformasi joriy qilinadi


“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–199-son, 23.11.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda: 

❕Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 

Bunda aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbus bildiriladi. 

🗒 “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladi.

☑️ Farmonga muvofiq, avtomobil, temir yo‘l, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) “yashil bog‘lar” ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida 10 yilgacha tegishli shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi.

➡️ Yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bog‘” barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.

🔘 Shuningdek, har yili “Eng yashil mahalla” tanlovi o‘tkazilib, natijalar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

▫️mahallaning tegishli jamg‘armasiga daraxtlar ekish va sug‘orish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million so‘mdan o‘tkazib beriladi;

▫️o‘zini o‘zi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari ko‘riladi.

✅ 2024-yilda o‘rmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida ko‘chat yetishtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi. 

🖥 Jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni tashkillashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida elektron to‘lov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa iste’molchilar tomonidan ixtiyoriy xayriya o‘tkazmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi “Yashil to‘lov” platformasi joriy qilinadi. 

🍀 Shuningdek, 2024–2026-yillarda Toshkent shahri atrofida jami 441 gektar maydonda “yashil belbog‘”lar barpo etiladi.

Farmonga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasporti yaratiladi. 

🔰 Daraxtlarni pasportlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣ bosqich (2024-yil 1-martgacha) – mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);

2️⃣ bosqich (2024-yil 1-noyabrgacha) – xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;

3️⃣ bosqich (2024-yil 31-dekabrgacha) – ma’lumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.

❕Eksperiment yakunlaridan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham daraxtlar pasportini joriy qilish nazarda tutilgan.

✍️ Farmon bilan 2024–2028-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi. 

🗓 2024-yil 1-martdan:

🔹yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi ko‘kalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi;

🔹atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korxonalari loyiha hujjatlari bo‘yicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida o‘z va tutash hududlarida “yashil belbog‘”lar barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish majburiy bo‘lgan talab etib belgilanadi.

☑️ Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:

➖Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi;

➖ Universitet huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida:

▫️“in-vitro” laboratoriyasi va uning hududiy bo‘linmalari;

▫️“O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari) bo‘linmalari;

➖ “Yashil hudud” davlat unitar korxonasida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati.

Report Page