"Yashil makon" umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas" — Shavkat Mirziyoyev

"Yashil makon" umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas" — Shavkat Mirziyoyev

Eldor Boʻronov

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari koʻrib chiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

✅ Shu munosabat bilan G‘ijduvon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori, o‘qituvchilari va faollari bilan birgalikda manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlarini ekib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Xususan, Maktab binosi va unga tutash hududlarda oktabr oyi davomida 32 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu ko‘chat navlarini tanlashda mahalliy iqlim sharoitiga mos kelishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Ekilgan har bir ko‘chatning to‘liq rivojlanishini taʼminlash maqsadida, har bir ko‘chat “Yaxshidan bog‘ qoladi” shiori ostida maktab xodimlariga biriktirildi.

Shuningdek, maktab faollari ko‘chat ekish dolzarb 40 kunligi doirasida o‘zlarining yashash xonadoni atrofiga ham mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish orqali aholi o‘rtasida tabiatga havas uyg‘otishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.

G‘ijduvon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi axborot xizmati.

Veb-Sayt| Telegram| Instagram| YouTube



Report Page