Yashil makon

Yashil makon

School counselor

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 11-oktabr kuni o`tkazilgan videoselektor yig'ilishida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 20-oktabrdan 1-dekabrgacha ko`chat kish bo`yicha "Dolzarb 40 kunlik" tadbiri e'lon qilingan edi.


Yurtboshimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan ezgu sa'y-harakatga bugun barcha yoshu qari birdek labbay, deb javob bermoqda. Jumladan Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi ham ushbu tadbirga munosib hissa qo'shmoqdalar.

Ta'lim muassasasida bir necha kun oldin boshlangan ko'chat ekish bo'yicha hashar ishlarida bugun Qorako'l tuman hokimi Xurshid Toxirov boshchiligida sektor rahbarlari, faxriylar va imom-xatiblar ham ishtirok etishdi.

Maktab-internati hududida manzarali va mevali daraxtlar ko‘chatlarini ekib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirildi. Bu kabi xayrli ishlarning natijasi zaminimizni yashillikka burkashi, chiroyiga chiroy qo`shishi, insosnlarning salomatligi bilan bog'liq musaffo havo va iqlim sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.


Maktab-internati jamoasi ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish kabi xayrli ishlarda o‘z ishtirokini faol davom ettirishni maqsad qilgan. Jumladan, o`quvchi yoshlar o`rtasida yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlarni tushuntirish, "Yashil makon" mavzusida insholar tanlovi kabilar ushbu maqsadning bir ko'rinishidir.


“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etadi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorako`l tuman ixtisoslashtirilgan maktab internati matbuot xizmati.



Report Page