#Yashil_makon

#Yashil_makon

 

🌱“Yashil makon” umummilliy loyihasi bir yillik tadbir yemas. Bu umummilliy harakatning natijasi har bir mahallada ko‘rinishi kerak, bu savobli ishni havas bilan qilish kerak”, deya taʼkidlagan edi davlatimiz rahbari.


🌿Shu bois ham bugun Samarqand “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan shu kunlarda universitet hududidada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1500 tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar hamda 500 dona har-xil turdagi gul ko‘chatlarini ekildi.

Hududida ekilgan ushbu ko‘chatlarni sug‘orish va parvarishlash, agrotexnik tadbirlarini amalga oshirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, mazkur ekilayotgan daraxtlar va butalarni “Platforma” elektron bazaga joylashtirish va ularni doimiy nazorat qilib borish, hudud ish samaradorligini yana-da oshirish, atrofda ekilayotgan daraxt ko‘chatlarini soni, joylashgan manzili (geolokatsiya), sug‘orish tizimi, fotosuratlari to‘g‘risidagi va boshqa maʼlumotlarni elektron bazaga to‘liq va sifatli kiritib borish maqsadida, Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi tomonidan maxsus ishchi guruh tashkil etilib, daraxtlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

 

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

 

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand



Report Page