“Yashil” iqtisodiyot o‘tishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv seminari
GraduateSchooPressJoriy yilning 14-16-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda o‘quv seminarini tashkil etildi.
Ushbu seminar, birinchi bosqichining birinchi kuni bo‘lib, Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi o‘rganlari rahbarlari va hodimlari jalb etildi.
“ “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlari” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qaror 3-ilovasi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi”ning 46-bandidagi “Yashil” o‘sish choralarini rejalashtirish, amalga oshirish borasida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining salohiyatini oshirish maqsadida qisqa muddatli o‘quv dasturi ishlab chiqildi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor o‘qituvchilari ishtirokida seminar olib bo‘rilmoqda.
Seminarning asosiy maqsadi Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari va sohaga doir mutaxassislarini professional salohiyatini mukammallashtirish. Seminarning birinchi kunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot hamda “Yashil” iqtisodiyotga oid bo‘lgan dastlabki boshlang‘ich metodologiyasi bilan tanishtirildi va ma’ruza o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv seminar yakunida tinglovchilar test sinovlaridan o‘tkaziladi va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan seminar ishtirokchilariga sertifikat taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun: “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining maqsadi barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash va investitsiyalar faolligini oshirish bilan bir vaqtda atrof muhit muhofazasi hamda ijtimoiy Respublikada integratsiya sifatini yaxshilash maqsadida.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi