Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi va Yaponiyaning “Sojitz Corporation” hamda Qatarning “Nebras Power” korxonalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi va Yaponiyaning “Sojitz Corporation” hamda Qatarning “Nebras Power” korxonalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi Yaponiyaning “Sojitz Corporation” hamda Qatarning “Nebras Power” korxonalari vakillari bilan qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi rejalashtirilayotgan loyihalar va ulardan hosil bo‘ladigan qisqartirilgan issiqxona gazi emissiyasi savdosi bo‘yicha dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi direktori T. Narziqulov va markaz mas’ul xodimlari qatnashdilar.

Suhbat davomida xorijiy korxona vakillari “Sojitz Corporation” va “Nebras Power” tomonidan Navoiy viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasida JCM (Joint Credit Mechanism) doirasida investor sifatida ishtirok etmoqchi ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Markaz xodimlari tomonidan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida Qo‘shma kredit mexanizmi (JCM) bo‘yicha hukumatlararo kelishuv mavjudligi hamda Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq Milliy dastur ishlab chiqilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page