Yangilik

Yangilik

Kamola Abduvaliyeva

Oʻzbekiston prezidentining farmoni bilan Qoʻngʻirotboy Avezimbetovich Sharipov Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, Q. Sharipov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan.

Qoʻngʻirotboy Sharipov 2009-2010 va 2017-2019-yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori sifatida, 2010-2017-yillarda shu universitetda moliyaviy va iqtisodiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor boʻlgan, 2019-yilning mayidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

2019-yil noyabrida esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor etib tayinlangandi.

 • Eslatib oʻtamiz, 2022-yil dekabrida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Innovatsion rivojlantirish vazirligi qoʻshib yuborilgan va 2023-yil yanvarida yangi vazirlikka Ibrohim Abdurahmonov rahbar etib tayinlangandi.



Report Page