🧑🍳 Yangicha somsa retsepti 😋
🔺Kerakli masalliqlar:
3 ta lavash hamiri (1 пачка)
150 gr saryogʻ
100 gr eriydigan sir
2 bogʻ ismaloq
🔺Tayyorlanishi:
Nachinkasi uchun ismaloqni toʻgʻrab qirgʻichdan chiqarilgan sir va tabga koʻra tuz solib aralashtirib olamiz.
Lavash hamiriga saryogʻni videoda koʻrsatilgandek sepip oʻrab olamiz. Ikkinchi va uchinchi hamirlarni ham shu ketma ketlikda oʻrab olamiz. 2 barmogʻ oraligʻida kesib videoda koʻrsatilgandek qoʻlimiz bilan ochib chiqamiz.
Ichiga nachinka solib chetini suv bilan yopishitirib duxovkaga 200 gradusga usti qizarguncha yuboramiz.
Tez tayyor boʻladigan mazzali yegulik retsepti tayyor, retsept yoqqan boʻlsa Nodirangizni duo qilishni unutmang.❤️