Yangi yil uchun ideal smartfonni tanlaymiz.

Yangi yil uchun ideal smartfonni tanlaymiz.

vivo Uzbekistan

Yangi yil yaqinlashar ekan, ko'pchiligimiz o'zimiz yoki yaqinlarimiz uchun yangi smartfon xarid qilish haqida ham o'ylaymiz. Ushbu maqolada biz qanday xususiyatlar smartfonni bayramlar va kundalik foydalanish uchun ideal tanlov qilishini ko'rib chiqamiz. Biz uchun barcha talablarni qondira oladigan vivo V29 modeli misol bo'la oladi.

Ekran

Filmlarni tomosha qilish, o'yin o'ynash, do'stlar va oila a'zolari bilan oson muloqot qilish uchun ekran katta va yorqin bo'lishi kerak.

Gadjetingizning ekran yorug'ligi 450–550 nit oralig‘ida bo‘lsa, juda yaxshi – bu ko‘plab yuqori darajadagi smartfonlarda mavjud bo‘lgan xususiyatdir.

vivo V29 smartfoni 1,5 K o'lchamli va yorug'ligi 1300 nitgacha bo'lgan 3D displeyga ega — bu foydalanish paytida siz detallarga boy yoqimli tasvirlardan bahramand bo'lishingiz mumkinligini anglatadi. Ekranni ikki oynaga bo'lish funksiyasi esa bir vaqtning o‘zida yangi yil translyatsiyasini tomosha qilish va tabriklar yuborish imkonini beradi.

Kamera

Yangi yil arafasida siz har bir lahzani suratga olishni xohlaysiz. Yuqori sifatli old kamera tufayli o'zingiz va yaqinlaringizning baxtli chehrasini esdalik sifatida suratga olasiz.

Albatta, keng burchakli obyektiv yordamida jarayonni osonlashtirasiz va har safar guruh bo'lib suratga tushishingiz kerak bo'lganda juda uzoqdan turib suratga olishingiz shart emas. Buning yordamida nafaqat do'staringiz obyektivga sig'adi, balki butunlay qiziqarli muhit ham doimo muhrlanib qoladi.

vivo V29 kamerasining ajoyib xususiyatlari:

  • Aura Light portret tizimi, bu sizga hatto kechqurun ham ajoyib portret yaratish imkonini beradi;
  • Gibrid tasvir stabilizatsiyasiga ega 50 MP asosiy kamera;
  • Avtofokusli 50 MP old kamera;
  • 8 MP keng burchakli kamera;
  • 2 MP makro kamera.

Xizmat qilish samaradorligi

Zamonaviy protsessor va qurilmaning yetarli miqdordagi operativ xotirasi ilovalarning qotishi yoki smartfoningizning sekin ishlashi kabi muammolardan xalos qiladi. Ixcham akkumulyator gadjetga oxirgi dars soatigacha o'z quvvatini yo'qotmaslikka yordam beradi.

vivo V29 modelida Qualcomm Snapdragon® 778G protsessoridan foydalaniladi, buning natijasida qurilma ilovalarni tez ishga tushiradi va batareyani tejamkorona sarflaydi. Zaryadlash haqida gapiradigan bo'lsak, ushbu smartfon 4600 mAh batareyaga ega, shuningdek, 80 W tez zaryadlash imkoniyatiga ega.

Yangi yil bayramingiz uchun ushbu ajoyib smartfon haqida ko'proq ma'lumot olish istagizda bo'lsangiz rasmiy vivo V29 sahifasiga o'ting!

Report Page