Yangi tayinlov

Yangi tayinlov

Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI

To‘rayev Hasan Qudratovich - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Bandixon tuman bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

U 1971 yilda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1992 yil Toshkent xuquqshunoslik texnikumi va 2007 yil Termiz Davlat Universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – Iqtisodchi (ijtimoiy iqtisodiy soha)                                                             

   H.To‘rayev - mehnat faoliyati davomida Bandixon tumani Davlat soliq inspeksiyasi maxsus bo'limi surushtiruvchi, Termiz shahar Davlat soliq inspeksiyasida turli lavozimlarda, Bandixon va Qiziriq tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i va viloyat davlat soliq boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.

   Tayinlovga qadar 2023 yildan buyon - Bandixon tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Bandixon tuman hokimligining MATBUOT XIZMATI

https://t.me/Bandixonthaxborotxizmati


Report Page