Professional taʼlim muassasalarining ilk bitiruvchilari yangi hayotga yo’l olmoqdalar
@eduuzDavlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi professional ta’lim muassasalari tarmoqlarining ilk bitiruvchilari joriy yilda ta’limni tamomlab, iqtisodiyot tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlari sifatida mehnat bozoriga chiqmoqdalar.
Oʻtgan davr mobaynida kompetensiyalarga asoslangan taʼlim dasturlari asosida oʻquvchilarda mehnat bozori uchun zarur boʻladigan malakalar shakllantirildi. Oʻquvchilarni kasb va mutaxassislik boʻyicha oʻqitish bilan birgalikda ularda vatanparvarlik, jamoada ishlash, oʻz-oʻzini rivojlantirish kabi kompetensiyalari shakllantirildi.
Bitiruvchilarning kasbiy koʻnikmalari hamkor tashkilotlar, xususan joylardagi ish beruvchilar vakillari tomonidan baholash yoʻlga qoʻyilganligi ularning mahoratini namoyish qilish imkoniyatini taʼminlamoqda.
Joriy yilda professional taʼlim muassasalarini 142 ming nafardan ziyod, jumladan, kasb-hunar maktablarini 75 mingdan ortiq, kollejlarni 47 mingdan ortiq hamda texnikumlarni 20 mingdan ortiq bitiruvchilar taʼlimni yakunladilar.
571 nafar imkoniyati cheklangan shaxs 16 ta kasb-hunarga oʻqitilib, ularga tegishli diplomlar, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Diplom blankalariga individual QR-kod tizimi joriy etildi. Malakalari koʻrsatilgan yangi namunadagi diplomlarni topshirish marosimi joylarda hokimliklar, ish beruvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirokida katta tantana sifatida oʻtkazilmoqda.