Yangi podstansiya – yangi imkoniyat

Yangi podstansiya – yangi imkoniyat


So’ngi yillarda Mamlakatimizda elektr energetikasi sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli, izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Yangi elektr stansiyalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish orqali aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlari kengaymoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining olis Qorovulbozor zaminida ham yuqori kuchlanishdagi yangi podstansiya va elektr uzatish tarmog’i qad rostladi. Hududdagi nvestitsion jozibadorlikni oshirib, tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ushbu podstansiyada 2 dona quvvati 16 000 kVA bo’lgan kuch transformatorlari o’rnatildi va podstansiya bugungi kun talabidan kelib chiqib, to’la zamonaviy elektr uskunalar bilan jihozlandi.

Bu esa nafaqat iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, balki energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, samaradorlikni oshirish va ekologik tozalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

 

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Report Page