Yangi o'quv yili uchun rossiyalik mualliflar bilan hamkorlikda 2-11-sinf Rus tili darsliklari yaratildi

Yangi o'quv yili uchun rossiyalik mualliflar bilan hamkorlikda 2-11-sinf Rus tili darsliklari yaratildi


2020-yildan boshlab Milliy oʻquv dasturi loyihasi doirasida xalqaro tajriba hamda mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari uchun 22 ta fandan, xususan, rus tili fanidan zamonaviy taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari hamda ilgʻor metodikalarni, baholash tizimini ishlab chiqish maqsad qilingan.

Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan Rus tili darsliklarida endi fanni xorijiy til sifatida oʻqitishga, oʻquvchida oʻqib tushunish, tinglab tushunish, fikrni yozma va ogʻzaki tarzda ifodalay olish kabi 4 ta koʻnikmani shakllantirishga eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi Respublika taʼlim markazi hamda A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamkorligida Oʻzbekistondagi maktablarda rus tili fanini va umumtaʼlim fanlarini rus tilida oʻqitishning sifatini oshirishga qaratilgan “Zoʻr!” loyihasi doirasida taʼlim oʻzbek va qardosh tillarida olib boriladigan maktablarning 2-11-sinf darsliklari yaratildi va chop etilmoqda.

Ahamiyatli jihati, darslikda oʻquvchining tinglab tushunish koʻnikmasini rivojlantirish maqsadida audiomatnlarga ham murojaat qilingan. Bolalar darslik uchun yaratilgan AR ilovasi orqali audiolarni tinglashlari, agar tinglashning imkoni boʻlmasa matn shaklida oʻqishlari mumkin.

 2-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan rus tili darsliklarining har birida yangi mavzuni vizual qabul qilishning afzalliklarini inobatga olgan holda, koʻplab rasmlardan foydalanilgan. Har bir sinf darsligiga 2 tadan loyiha ishi, darslikning oxirida 7 ta tildagi lugʻat ham kiritilgan.

Bugun, 17-iyun kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 110-maktabda rossiyalik hamda oʻzbekistonlik mualliflar ishtirokida oʻqituvchilar uchun mazkur darsliklarning taqdimoti o'tkazildi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram




Report Page