Yangi odatni qanday boshlash kerak?

Yangi odatni qanday boshlash kerak?

Element oʻquv markazi
Atom odatlar Jayms Klir

2001-yil britaniyalik tadqiqotchilar ikki hafta ichida jismoniy mashg'ulotlarga qatnash odatini yaxshilash ustida ish boshladi. Tadqiqotga 248 nafar ko'ngilli qamrab olindi. Ular 3 guruhga ajratildi. 

Birinchi guruh nazorat guruhi bo'lib, ular shunchaki necha marta sport mashg’ulotlariga qatnaganini yozib borishi kerak edi. (Shunchaki yozib qo'ysa bo'ldi)

Ikkinchi guruh  ‘’Motivatsiya’’guruhi bo‘lib, ular nafaqat bajargan sport mashqlarini yozib borishi, balki jismoniy mashqlarning organizm uchun foydasi haqida kitoblar va maqolalar o‘qishi kerak edi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar ularga jismoniy mashqlar yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishi va salomatlikni mustahkamlashini tushuntirib berdi.

Tadqiqotning qolgan ishtirokchilari uchinchi guruhga jamlandi. Ularning motivatsiyasini ikkinchi guruh bilan tenglashtirish uchun tadqiqotchilar ularga ham tushuntirish ishlari olib borishdi. Biroq uchinchi guruhdan qo'shimcha ravishda kelgusi hafta qayerda va qachon sport bilan shug’ullanish rejasini tuzish so'raldi. Aniqroq qilib aytganda uchinchi guruh a’zolari quyidagi jumlani to'ldirishlari zarur edi: “Kelasi hafta men [KUN] kunlari, soat [VAQT] da [JOY] da kamida 20 daqiqalik intensiv mashqlarda qatnashaman”.

Tadqiqot davomida birinchi va ikkinchi guruhdagi ishtirokchilarning faqat 35 va 38 foizigina xaftasiga hech bo'lmaganda bir marta sport mashg’ulotlarida qatnashgan. Qiziq tomoni shundaki, ikkinchi guruhni motivatsiyalash maqsadida qilingan ma’ruza ularning xulq-atvoriga deyarli ta’sir qilmagan. Uchinchi guruhdagilarning esa 91 foizi mashg’ulotlarda qatnashgan. Bu qolgan guruhlarga nisbatan 2 martadan ham ko’proqdir.

Xulosa shuki, yangi odatlarni qachon va qayerda bajarishning aniq rejasini tuzgan odamlarning odatlarni davom ettirish ehtimoli yuqoriroq bo'ladi. Ko'pchilik o'zida motivatsiya kam deb hisoblaydi. Aslida esa ularga aniqlik yetishmaydi. Ular odatni qayerda va qachon qilishlarini bilmaydi. Ayrimlar o'zgarish uchun qulay paytni poylab butun umrini o'tkazib yuboradi.

PS: Demak har doim ham motivatsiya yordam bermas ekan. Uning o'rniga aniq reja tuzish shu ishni bajarish ehtimolini oshiradi. Masalan: men bu postni 23-fevral 2024-yil soat 18:00 da kanalga joylayman tarzida. Yuqorida hikoyani qisqartirib yozdik kitobda to'laligicha o'qishingiz mumkin!

Report Page