“Yangi ish o‘rni yaratishga rag‘bat” krediti

“Yangi ish o‘rni yaratishga rag‘bat” krediti



🎯Kredit maqsadi

Tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini (moliya sohasini rivojlantirish va ko‘p qavatli uy-joylarni qurish bo‘yicha loyihalar bundan mustasno) amalga oshirish


💰Valyuta

Milliy valyuta (So‘m);


💳Kredit ajratish shakli

Mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) ning hisobraqamiga pul o‘tkazib berish yo‘li bilan


💸Miqdori

3 000 000 000,0 (uch milliard) so‘mgacha


🕒Muddati

36 oygacha (Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun – 18 oygacha)

Imtiyozli davr - 6 oygacha

 

📊Foiz stavkasi

12 oygacha muddatga - yillik 27 foiz;

12 oydan yuqori muddatga - yillik 28 foiz.


📉Yangi ish o'rni yaratilishiga qarab qayta hisoblanadigan kredit foiz stavkasi

Kredit shartnomasi imzolangan sanadan boshlab 6 oy ichida:

 · 5 tadan 10 tagacha yangi ish o'rni yaratilsa - yillik 26 foiz;

 · 10 tadan 15 tagacha yangi ish o'rni yaratilsa - yillik 27 foiz;

· 15 tadan ortiq yangi ish o'rni yaratilsa - yillik 24 foiz etib belgilanadi


📋Kreditni ko'rib chiqish uchun asosiy hujjatlar:

  1. Kredit arizasi taqdim etgan sanadagi mavjud doimiy ishchilar soni to‘g‘risida ma’lumot;
  2. Texnik iqtisodiy asosnoma yoki biznes reja;
  3. Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti;
  4. Faoliyat joyi bilan bog‘liq kadastr yoki E-ijara orqali tasdiqlangan ijara shartnomasi;
  5. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
  6. Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti. Garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda, kadastr hujjati, avtotransport vositalari va maxsus texnikalar bo‘lgan taqdirda, texnik pasport/texnik talon;
  7. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.


🛡️Kredit bo‘yicha ta’minot

Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda

(Aloqador shaxslar uchun 130%)


🔒Kredit uchun garov turlari

Ko'chmas mulk, depozitlar, avtotransport, yuridik shaxslarning kafolati, kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi.


Report Page