"Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida sayohat uyushtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Olot tumanidagi "Jayxunobod" va "Soloqorovul" mahalla fuqarolar yig'ini xotin-qizlari joriy yilning 14-yanvar kuni "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirdilar.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Olot tuman bo'linmasi.