“Yangi fikr” respublika insholar tanlovining g'oliblari aniqlandi
Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan Respublika taʼlim markazi tomonidan joriy yilning 7–11-fevral kunlari “Yangi fikr” Respublika insholar tanlovi oʻtkazildi. Oʻz oldiga oʻquvchilarda yozma nutqni, tanqidiy va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, milliy qadriyatlar, yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, huquqiy va iqtisodiy savodxonlik, faol fuqarolik, ekologik madaniyat va salomatlik, ilm-fan va texnologiyalar, mediasavodxonlik, kasblar va kelajakka doir tasavvurlari boʻyicha zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish, xalqaro baholash mezonlari asosida insho (esse) yozishga oʻrgatish maqsadini qoʻygan tanlov keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Unda butun Respublika boʻylab jami 28 055 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
Respublika taʼlim markazi mazkur tanlovning tashkil etilishi va ishtirokchilarning haqqoniy baholanishini nazoratga oldi. Insholarni baholash va saralash jarayoni uch: tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichida oʻtkazildi. 24-28-fevral kunlari soʻngi respublika bosqichiga yetib kelgan 252 nafar ishtirokchining yozma ishlarini baholash jarayonlari tashkil etildi. 10 nafar mutaxassis, jamoatchilik vakillari va amaliyotchi oʻqituvchilardan iborat hakamlar hayʼati yozma ishlarni xolis koʻrib chiqdi va munosib baholadi. Tanlov nizomiga koʻra 6-11-sinflar boʻyicha, har bir sinf kesimida uchtadan (1-2-3-oʻrin) gʻolib aniqlandi.
6-sinflar o'rtasida:
1-oʻrinni Toshkent viloyati, Piskent tumani 26-maktab oʻquvchisi Azimova Gulsanam,
2-oʻrinni Navoiy viloyati, Karmana tumani 22-maktab oʻquvchisi Botirova Shahnoza,
3-oʻrinni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri M.Ulugʻbek maktabi oʻquvchisi Mamanazarov Jahongir.
7-sinflar o'rtasida:
1-oʻrinni Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani 2-maktab oʻquvchisi Mahmudjonova Dilshoda,
2-oʻrinni Toshkent shahri 35-maktab oʻquvchisi Ahmedova Muxlisa,
3-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani 66-maktab oʻquvchisi Baxtiyarova Ziyada.
8-sinflar o'rtasida:
1-oʻrinni Xorazm viloyati, Xazorasp tumani 2-maktab oʻquvchisi Baxtiyorova Oʻgʻiljon,
2-oʻrinni Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 5-IDUM oʻquvchisi Hojimurodova Xadicha,
3-oʻrinni Navoiy viloyati, Karmana tumani 10-maktab oʻquvchisi Ergasheva Shahnoza egalladi.
9-sinflar o'rtasida:
1-oʻrinni Navoiy viloyati, Navoiy shahri 12-IDUM oʻquvchisi Joʻraboyev Suhrobjon,
-oʻrinni Toshkent shahri 303-IDUM oʻquvchisi Roʻziyeva Shaxzodabonu,
3-oʻrinni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 1-IDUM oʻquvchisi Roʻziqulova Dilnoza.
10-sinflar o'rtasida:
1-oʻrinni Namangan viloyati, Mingbuloq tumani 13-IDIM oʻquvchisi Gʻofurjonov Ahmadjon, 2-oʻrinni Xorazm viloyati, Urganch tumani 47-IDUM oʻquvchisi Roʻzmetova Barchinoy, 3-oʻrinni Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani “Lucky children” NTM oʻquvchisi Samatova Diyora.
11-sinflar o'rtasida:
1-oʻrinni Navoiy viloyati, Navoiy shahri 11-maktab oʻquvchisi Ahmedova Rushana, 2-oʻrinni Andijon viloyati, Shahrihon tumani 2-IDUM oʻquvchisi Saydolimov Nozimjon, 3-oʻrinni Toshkent viloyati, Chirchiq shahari 18-maktab oʻquvchisi Haqnazarov Bekjon.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇