Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi inson qadrini ulug’lovchi omildir.

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi inson qadrini ulug’lovchi omildir.

Мурадова Мавжуда Раджабовна

O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi inson qadrini ulug’lashga xizmat qiladi.Bunday ulug’vor maqsadlarni amalga oshirishda barchamizdan kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha sa'y-harakatlarni uyg’unlashtirish talab qiladi. Shu jihatdan olib qaralganda, ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan ustoz va muallim o’z talabalariga ta’lim berish bilan birgalikda tarbiya berib, ma’naviy dunyoqarashni ham rivojlantirish uchun harakat qiladi.

 Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo‘nalishdan iborat:

Birinchi yo‘nalish erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratilgan. 

Ikkinchi yo‘nalish adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta’minlash vazifalarini qamrab olgan. Korrupsiyaga barham berishga davlat va jamiyatning barcha kuch va vositalari safarbar etiladi, korrupsiyaning sabablarini oldindan bartaraf etish choralari ko‘riladi;

Uchinchi yo‘nalish milliy iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi rejalarni qamrab oladi. Bu borada 2030-yilga borib, jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqish maqsad qilingan bo‘lib, bunga xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish .Shuningdek, aholini uy-joy va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, zamonaviy yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, jamoat transporti hamda hududlararo qatnovlarni yaxshilash bo‘yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi;

To‘rtinchi yo‘nalishga asosan adolatli ijtimoiy siyosat yuritish hamda inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.  Bu borada oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini 2025-yilga borib, ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Yangi maktablar qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlashga qaratilgan Milliy ta’lim dasturi ishlab chiqiladi. Aholi salomatligini mustahkamlash uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Beshinchi yo‘nalishga asosan ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlar amalga oshiriladi. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

 Oltinchi yo‘nalishga asosan global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratiladi. 

Yettinchi yo‘nalishda mamlakatimizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan.

Dasturni kuzatar ekanmiz, undagi barcha chora-tadbirlar inson manfaatlarining birinchi o`rinda qo`yilishi va xalq farovonligi qay darajada ustun ekanligiga guvoh bo`lamiz.


Pedagogika fakulteti tyutori M.R.Muradova

Report Page