“Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari” 

“Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari” 


"Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari" nomli insholar tanlovini o'tkazish to'g'risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1.Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi "Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4433-son qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqildi.
Nizom "Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari" nomli insholar tanlovini (keyingi o'rinlarda Tanlov deb yuritiladi) o'tkazish tartibini belgilaydi.

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

2. Tanlovning maqsadi - talabalar (bakalavr, magistrant), doktorantlar va yosh tadqiqotchi olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning diqqatini Respublika miqyosidagi ilmiy axborot makonida kechayotgan jarayonlarga jalb etish, shuningdek turli sohalarda olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanishlar natijalarini ommalashtirishdan iborat.
3. Tanlovga Respublikamizda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoi yiqtisodiy o'zgarishlar, ayniqsa, 2017-2021 yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy ma'rifiy hayotini tubdan yangilash borasida qo'lga kiritilgan salmoqli yutuqlar, shuningdek, "Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari" ilmiy ishlar to'plamlaridagi maqolalarga doir fikr-mulohazalar yoritilgan insholar qabul qilinadi.

III. Tanlovni o'tkazish tartibi

4. Tanlovni tashkil etish va o'tkazish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaztrligi huzurida oliy ta'lim muassasalaridan soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruh quyidagi vazifalami bajaradi:

  • tanlovga taqdim etilgan insholarni tahlil qilish, ekspertizadan o'tkazish va tasdiqlangan mezonlar asosida baholash;
  • tanlovni o'tkazishda anonimlik, shaffoflik va oshkoralikni ta'minlash yuzasidan choralar ko'rish;
  • tanlov g'oliblarini aniqlash va ular to'g'risida ma'lumotlami o'rnatilgan tartibda Respublika iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasiga taqdim etish.
5. Tanlovda Respublikada istiqomat qilayotgan millati va tilidan qat'iy nazar 40 yoshgacha bo'lgan yosh olimlar ishtirok etishi mumkin.
6. Tanlov materiallari o'zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
7. Tanlovga taqdim etiladigan insholar rasmiylashtirish talablari quyidagicha:

- 12 shrift (Times New Roman),

- 1,5 interval,

- sahifaning yuqori, past, chap va o'ng tomonidan 2 sm hoshiya,

- 4-8 betdan oshmasligi,

- matn kengligi bo'yicha tekislangan,

- xat boshi 1 sm,

- sahifani tanlash uchun oriyentatsiya - kitob sahifasi.

Insho matnining kamida 70-80 foizi muallifning shaxsiy fikrlarini eks ettirgan bo'lishi lozim.

8. Insholar yakka mualliflikda tayyorlanadi, muallif ismi-sharifi, ilmiy unvoni, darajasi, oliy ta'lim muassasasi (tashkilot)ning nomi, ish yoki o'qish joyi, egallab turgan lavozimi, ish yoki o'qish joyi manzili (to'liq keltirilishi).
9. Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

a) Tanlovning birinchi bosqichi respublika oliy ta'lim muassasalaridan taqdim etilgan insholar saralab olinadi va Ishchi guruhi tomonidan ekspertizadan o'tkaziladi.

b) Tanlovning ikkinchi bosqichida Ishchi guruh tomonidan ko'rib chiqilgan va ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan maqolalar Respublika iste'dodli yoshlarni qo'llab-quwatlash "Ulug'bek" jamg'armasiga taqdim etiladi.

O'zbekiston Respublikasi iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek" jamg'armasi tomonidan insholar ko'rib chiqiladi va to'plam shaklida nashr etadi.

10. Tanlovga taqdim etilgan insholar quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizimida baholanadi:

Baholash mezoni Ball

  1. Rasmiylashtirish talablariga mosligi 0 - 10
  2. Mavzu mazmuniga mosligi 0 - 20
  3. Mavzuning yoritilganlik darajasi 0 - 40
  4. Xulosa 0 - 30

Jami 100

11. Tanlovga taqdim etilgan insholar ekspertizadan o'tkaziladi, Ishchi guruhi tomonidan tanlov g'oliblari aniqlanadi va yig'ilish bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
12. Tanlovda eng yuqori ball to'plagan uch nafar g'oliblar, ya'ni
birinchi o'rin sohibi 4 000 000 (to'rt million) so'm,
ikkinchi o'rin sohibi 3 000 000 (uch million) so'm,
uchinchi o'rin sohibi 2 000 000 (ikki million) so'm miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi.
Tanlov g'oliblarini taqdirlash bilan bog'liq xarajatlari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish jamg'armasi mablag' lari hisobidan qoplanadi.

IV. Yakuniy qoidalar

13. Tanlovni yuqori saviyada o'tkazish Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi hamda oliy ta'lim muassasalari mas'ul etib belgilanadi.
14. Tanlov yakunida saralangan maqolalar to'plam shaklida nashr etiladi.

Report Page