Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya

Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya

https://telegra.ph/

  Hurmatli talabalar joriy yilning 30-aprel kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea boʻlib oʻtadi. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi. Shu bois, ayni paytda yurtimiz bo‘ylab soha mutaxassislari ishtirokida aholi, ayniqsa, yoshlarning yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz qabul qilinishida faol ishtirok etishiga bag‘ishlangan, mazkur siyosiy jarayonning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan turli targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. Ana shunday tadbirlardan biri 2-son TTJda ham “Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida uchrashuvi o‘tdi. Zooinjeneriya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.A.Nazarova tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida fakultet tyutori N.Sh.Abduvafoyeva hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbirda M.A.Nazarova so‘zga chiqib Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to‘lab berilish va Hukumat qarori bilan ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanganligi.

Nizomga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda o‘qiyotgan 75 nafar (har bir kursdan – 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt so'mmasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi. Moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq, 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitilishi. Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki ta’minlanishi. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zR qonunchiligiga ko‘ra, davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi ta’minlanishi kerak. Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga tanlov komissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaxslarning ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, balki davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi.

Shuningdek, 2022/2023 o‘quv yilidan:

* OTM, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga byudjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

* davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;

* xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;

* har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;

* mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;

  • davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.
  • Farmonga ko‘ra, xotin-qizlarga dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beradigan alohida universitet ochilishi kabi ma’lumotlar haqida suhbat o‘tkazildi.


Axborot xizmati

Report Page