Yangi O'zbekiston - mening tasavvurimda

Yangi O'zbekiston - mening tasavvurimda

Buxoro Davlat Universiteti ''Tarix va madaniy me'ros fakulteti " Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq ta'limi yo'nalishi 5…

Reja:

1.Ona vatanim - O'zbekiston.

2.O'zbekistonda qilinayotgan islohotlar.

3.O'zbekiston rivojlanayotgan hur mamlakat.

4.O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida.

Bir o'lkaki, tuprogʻida oltin gullaydi,

Bir o'lkaki, qishlarida shivirlar bahor.

Bir o'lkaki, sal ko'rmasa quyosh sog'inar.....

Bir o'lkaki, g'ayratidan asabi chaqnar.

(Oybek)

Vatan - inson tug'ilgan muqaddas joy. Vatan tushunchasi va unga bo'lgan muhabbat abadiydir. Shuning uchun ham biz ona Vatan deb ulug'laymiz. Biz yoshlarning ham ona Vatanimiz mustaqqil hur O'zbekistondir. O'zbekistonimiz mustaqqiligiga 30 yil

bo'lgan bo'lsa ham, juda katta-katta o'zgarishlar yuz berdi, yurtimiz ko'rkiga ko'rk qo'shilyapti.

Mustaqillikdan so'ng O'zbekistonda juda ko'plab islohotlar: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy, jamiyatning har bir sohasida kundan kunga yangi o'zgarishlar,islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa ilm-fan sohasida yoshlarga katta - katta imkonyatlar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda:

“Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin. Mazkur sohani va olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlatimizning

ustuvor vazifalaridandir”,-deb ta’kidlagan edilar. Yurtboshimizning manashu so'zlarining o'zi ilm fanga qaratilgan katta islohot desak adashmaymiz.

Prezidentimizning har bir sohada chiqarilayotgan islohotlari avvalambor inson manfaatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan bo'lsa, ikkinchidan demokratik O'zbekistonni yanada rivojlantirishga qaratilgan maqsad hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston Strategiyasi" nomli kitobi chope tildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat. Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:

"Yangi O‘zbekiston strategiyasi"

"Xalq parvar davlat"

"Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish"

"Adolatli ijtimoiy siyosat"

"Ma’naviy taraqqiyot"

"Xavfsizlik va tashqi siyosat"

"O‘zbekiston va umumbashariy muammolar".

Prezidentimizning mana shunday islohotlar strategiyaning yangi modelini

yaratishlari, 2022-yilni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla" yili deb e'lon qilingani ham O'zbekistonda rivojlanish, yuksalish uchun qilinayotgan maqsadlar hisoblanadi.

O'zbekiston 4 faslga ega, adrlari keng, bepoyon, tog'lari baland, bog'lari ko'rkam, tabbiy boyliklarga boy, mevalari asal kabi totli, osmoni musaffo, hur o'lka. Bu yurtning insonlari mehribon, mehmondo'st, ochiq ko'ngil, bolajon xalqdir. Har bir insonlari kattalarni hurmatda kichiklarni izzatda birdek hurmat qiladigan mehridaryodirlar.

Oʻzbekistonga kelgan har bir turist albatta bizning mehmondo'stligimizdan, chiroyli tabiatimiz, tarixiyo bidalarimiz, tarixda o'zlarining adolatlari, ilmlari bilan iz qoldirgan ota bobolarimiz haqida eshitib, lol qolib xursand bo'ladilar. Vatanimizning juda ko'p milliy anʼanalari ham qadimdan saqlanib qolgan Navzo'z bayramlari, Hayit bayramlari,ko'pkari va hokazo ko'plab bayramlar an'anaviy bayramlarga aylangan. O'zbekiston serquyosh hur o'lka.

Shunday betakror yurtda dunyoga kelishning o'zi bir baxtdir. Ayniqsa yoshlar uchun

yaratilayotgan islohotlar, yoshlar uchun qarata aytilgan "O'zbekiston kelajagi yoshlar

qo'lida" deb ta'kidlangan fikrlar yoshlarni yanada bilm olishga, sport bilan chiniqishga,

ko'pla bkitoblar o'qishga undaydi. Yoshlar uchun ko'plab yoshlar forumlari tashkil etilganligi yoshlarning o'z qobilyatlari, g'oya, takliflarini amalga oshirishga katta zamin yaratdi. O'zbekistonda yoshlarga katta eʼtibor qaratilgan, "Yoshkitobxon" tanlovlari,yoshlarni ma'naviy ozuqa olishga undasa, sport musobaqalarining o'tkazilishi yoshlarni barkamol jismoniy sog'lom qilishga undaydi. Kuni kecha Varshavada bo'lib o'tgan shaxmatning rapit yo'nalishi bo'yicha Jahon chempionatida hamyurtimiz, yosh

grossmeyster Nodirbek Abdusattorov barcha raqiblari ustidan chiroyli g‘alabalar qozongan holda jahon chempioniga aylandi.

Mana shu yosh aqliy sport g'olibi ham qolgan yoshlarni ham sportga, shaxmatga,ayniqsa mantiqiy fikrlashga qiziqishlarnini yanada ortiradi. Bularning barchasi albatta O'zbekistonnimizning tinchligi hamda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor deb o'ylayman.

Xulosa qilib aytganda kelajakda men orzu qilgan O'zbekistonimiz bundanda rivojlangan, demokratik tamoyillargaa soslangan, har bir inson o'zining haq huquqlarini, erkinlik burchlarini biladigan, O'zbekistonning yanada rivojlanishiga hissa

qo'sha oladigan demokratik tamoyillarga asoslangan davlat bo'lishini xohlayman.

Ayniqsa davlatimizda korrupsiya yoqolib borib,har bir sohada iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, jamiyatning barcha sohalarida rivojlangan davlatlar AQSh, Germaniya,

Rossiya, Yaponiya, Xitoy mamlakatlari bilan bemalol har sohada raqobatlasha oladigan demokratik davlat bo'lishini xohlayman. O'zbekistonimiz yanada rivojlanishi

uchun har bir kishi o'z hissasini qo'shishi lozim. O'zbekistonimiz mustaqqil hur o'lka,

biz shu mustqqil O'zbekistonda tug'ilib katta bo'lganimizdan faxrlanamiz.

Report Page