Yangi Oʻzbekiston-mening tasavvurimda

Yangi Oʻzbekiston-mening tasavvurimda

Bebutova Feruza Ramazonovna.

Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti 11-17chi 19 guruh talabasi


Reja

1 Yangi Oʻzbekiston qurilishida- mening taklifim

2 Yangi Oʻzbekistonni barpo qilishdagi ilk qadamlar

3 Prezidentimizning barcha sohalarda oʻzbek xalqiga yaratgan imkoniyati va yordami

4 Oʻzbekistonning qisqa muddatda erishgan yutuqlari

5 Yangi Oʻzbekiston yoshlarining vazifalari

Oʻz yurtida ozod va obod, erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni oʻz oldiga qoʻygan har qanday xalq, har qanday millat ogʻir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtadi.

Sh.M.Miromonovich.

Bugungi kunda bizni oldimizda yangi Oʻzbekiston nufuzini yanada oshirish vazifasi turibdi, bu yoʻlda biz yoshlar aqliy salohiyatimizni ishga solib taklif va amallarimiz orqali uning taraqqiyotiga oʻz hissamizni qoʻshishimiz darkor. Shu jumladan men ham oʻzimning kichkina gʻoyamni taklif qilishni lozim topdim.

Hozirgi vaqtda yerlar klaster orqali egasini topdi. Endi choʻl hududlar, yaylovlar oʻzlashtirishi kerak. Bu uchun choʻl, yaylovlarga davlat tamonidan tok, gaz va vodoprovod olib borishni taʼminlash lozim. Misol uchun har bir mahalla hududiga gidrofonika usulda issiqxonalar( parniklar) tender orqali qurilib ( qurilish, dom, katej)koʻp yilga kredit asosida berish kerak. Bularni tok, gaz, suv oʻlchagichlar bilan taʼminlab, har bir issiqxonalarga alohida 5 yoki 10 tonnalik quyma quduq (beton)lar bilan taʼminlash lozim. Bu usulni yoʻlga qoʻysak 1000 (ming) lab oilalar ish bilan taʼminlanadi. Issiqxonalar bir yerda boʻlganligi uchun xarajatlar tejaladi, nazorat qilish oson boʻladi. Bozorni toʻldirish, eksport uchun fura( alka) larni toʻldirish oson boʻladi. Buni hududlar talabi asosida xoxlagancha koʻpaytirish mumkin.Va bu orqali oziq-ovqat xavfsizligi muammosi yechiladi, milliardlab dollorlar foyda qilinadi, chet elga mahsulotlar eksport qilinadi, minglab oilalar ish bilan taʼminlanadi. Davlatning kredit asosida qurib bergan xarajatlari davlatga toʻlab beriladi. Va shu asnoda kelajakdagi yangi Oʻzbekistonning 1000(ming) yilligiga xavotirsiz qadam qoʻygan boʻlamiz.

Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi maʼnaviy uygʻonish jarayonlari- milliy oʻzlikni anglashga olib keladi,hamda mamlakat iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradi. Bunday ijtimoiy, noyob hodisa,,Renessansʼʼ - Uygʻonish, qayta tiklanish, yuksalish deb ataladi . Avvalo yangi Oʻzbekiston gʻoyasi oʻz oʻzidan, yoq joydan paydo boʻlib qolmadi. Bu gʻoya tarixiy zaruriyat, ehtiyoj hodisasi boʻldi. Prezidentimiz soʻzlari bilan aytganda ,,Yangi Oʻzbekistonni barpo etish- bu shunchaki xoxish- istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslariga ega boʻlgan, siyosiy- huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy- maʼrifiy vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʻliq javob bera oladigan ob'ektiv zaruratdir. Bu masʼuliyatli jarayonda maqsad va unga olib boruvchi yoʻllarni aniq belgilab olib, yurtimizda unga doir ulkan islohotlar amalga oshirildi. Barcha ijobiy ishlar, oʻzgarishlar avvalo odamlar turmush tarzida , kundalik hayotda yuz koʻrsatdi. Oʻzinggiz bir oʻylab koʻring, bundan bundan bir necha yillar oldin majburiy mehnat: paxta va gʻallaga davlat buyurtmasini bajarish kabi eski tartiblardan mutlaqo voz kechishini tasavvur qilib boʻlarmidi? Fuqarolikka ega boʻlish, propiskasiz biron yerda yashash yoki ishlash, Oʻzbekistonning istagan hududidan uy-joy hamda mol-mulk sotib olish, ularni roʻyxatga qoʻyishlarnichi? Bunaqa narsalarni sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Ammo bugun ular amaldagi voqealikka aylandi. Vaholanki yurtboshimiz soʻzlari bilan aytganda ,, Osmon uzilib, yerga tushgani yoʻq ʼʼ aksincha jamiyatimiz hayoti yengillashdi, odamlar erkin nafas ola boshladi. Shu emasmi el manfaatlari yoʻlida amalga oshirilgan islohotlarning asl mazmun-mohiyati, shu emasmi yangi Oʻzbekiston uchun bosilgan dastlabki qadamlar.

Bugun Oʻzbekiston yangi taraqqiyot bosqichiga-uchinchi Renessans davriga qadam qoʻymoqda. Bunda u dunyo mamlakatlari bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishda yaxshi natijalarga erishmoqda. Davlatimiz rahbari Sh. Miramonovich Oʻzbekistonni dunyo mamlakatlari qatoriga chiqarish uchun, tinch va osuda hayotni taʼminlash uchun, keng integratsiyalashgan hududga aylantirish uchun bor kuch salohiyatlaridan foydalanib ish tutmoqda . Oʻzbekiston qisqa muddatda jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallashga koʻmak boʻluvchi bir qancha yutuqlarni qoʻlga kiritdi.

Asosan ilm-fan, sport musobaqalarida faxrli oʻrinlarni egalladi, chet el mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarni yoʻlga qoʻydi. Yangi Oʻzbekiston- yangicha iqtisodiy munosabat yangicha dunyoqarash hisoblanadi. Soʻnggi 5 yil ichida bu borada qilingan ishlarni sanab adogʻiga yetib boʻlmaydi. Avvalo taʼlim sohasini olaylik, oldinlari oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun 1 joyga hujjat topshirgan hozir esa 5 Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish imkoniyati mavjud, qizlar uchun alohida grantlar ajratildi, kam taʼminlanganlar uchun toʻlov shartnoma xarajatlar toʻlab berilmoqda, temir daftar, yoshlar daftari, ayollar daftari tashkil etildi, bu orqali kam taʼminlanganlarga katta yordam koʻrsatildi yoki endi koʻp yillardan buyon odamlar elektron kartochkalardagi pullarni naqd pulga aylantirishda qiynalardi, hozirda esa bankomatlar orqali osongina naqd pulga aylantira olishmoqda, milliy valyuta kursi qora bozorda bir xil banklarda boshqa xil boʻlishi, yokida avvallar ota-onalar yoxud qarindoshlar uchun yuqori lavozimlarga koʻtarila olishmasdi, hozir ular tarixda qoldi. Tadbirkorlikda biznesni rivojlantirish uchun yangicha imkoniyatlar, yangicha erkinliklar berildi. Dehqon, fermer,klaster xoʻjaliklari oʻzlari yetishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda. Masalan klasterdan asosiy maqsad, yerdan samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligini sanoatlashtirib, chetga xom ashyo emas, balki, tayyor mahsulot sotib, daromadni yanada oshirish hisoblanadi. Shuningdek bu bilan ishsizlar ish bilan taʼminlandi, minglab ish oʻrinlari yaratildi. Qishloq joylarda odamlarning turmush tarzini, darajasini yuksaltirish sari muhim qadamlar shuningdek prezidentimiz tadbirkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida quyidagi fikrlarni aytib oʻtganlar: ,,Barchamiz bir haqiqatni chuqur anglab olishimiz darkor, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash: xalqimiz farovonligini oshirishning eng samarali yoʻli. Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning pirovard maqsadidir. Haqiqatdan ham tadbirkorlik va kichik biznes yoshlarni ish bilan taʼminlashda, hayotda oʻz oʻrnini topib ketishda, Iqtisodiy mustaqillikka erishishda asosiy omil va manba boʻlib xizmat qiladi, aholini mehnat orqali daromad topishga boʻlgan qiziqishini yanada oshiradi. Tadbirkorlik rivojlanishga eng avvalo, tadbirkorning bilimi, tajribasi va ishbilarmonligiga bogʻliq. Bitta tadbirkorlik bilan butun boshli davlatni rivojlantirish mumkin. Tadbirkor- menejment, rahbar, iqtisodiy masalalar boʻyicha biznesni rejalashtira oluvchi kishi, xoʻjalik faoliyatini tahlil qila oluvchi, chiqimni kamaytirib, foydani koʻpaytira oluvchi, huquq va psixologiya kabi sohalarni biladigan kishi boʻlmogʻi lozim.

Bundan tashqari yangi Oʻzbekistonda eskicha ishlash tarixga aylanmoqda, chunonchi oʻtgan davrda ,,Obod qishloqʼʼ, ,,Obod mahalla ʼʼ doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususiy maktablar, maktabgacha taʼlim muassasalari, zavod-fabrikalar, korxonalar qurilib, qurilish sohasi ham jadal oʻsib bormoqda.

Barchangizga maʼlumki, 2020 yil 13-14 mart kunlari Oʻzbekiston hududida dastlabki kovid bilan kasallangan bemor roʻyxatga olingandi, oʻsha kundan boshlab barcha oʻquv muassasalari, korxona-yu tashkilotlar, zavod-u fabrikalarda, barcha joylarda karantin eʼlon qilingan edi. Albatta bu oʻzbek xalqi uchun juda ogʻir sinov ham edi. Oʻsha qiyin va sinovli davrda davlatimiz tamonidan insonlarga bepul oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, moddiy mablagʻlar yordam sifatida tarqatildi. Har bir kasallikka chalingan bemorlar davlatimiz tamonidan bepul davolandi, barcha bir tan-u bir jon boʻlib kasallikka qarshi kurashdi, bunda har bir insonning mehnati beqiyosdir.Qolaversa Buxoro viloyatida 2020 yil 27-aprelda boʻlib oʻtgan talofatda oʻzim Olot farzandi sifatida aytishim mumkinki, Prezidentimizning Olot, Qorakoʻl tumanlariga koʻrsatgan yordamlari, qoʻllab-quvvatlaganliklarini hech bir Olot xalqi unutmaydi. Mana yangi Oʻzbekiston qanchalar buyuk davlat.

Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirishda taʼlim-tarbiyaning ham oʻrni alohida oʻrin kasb etadi. Davlatimiz rahbari ham qayerda maʼruza soʻzlamasin har doim taʼlim- tarbiya masalasiga toʻxtalib oʻtadi. Chunki taʼlim yurtimiz kelajagi ravnaqi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda yosh avlod vakillarining bilim olishi,ilm-fan adabiyot,san'at va sport sohasidagi isteʼdot va salohiyatini yuzaga chiqarishi ularning jamiyatimiz ishtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Yosh avlod uchun Prezidenti maktablari, IDUM, xususiy maktablar qurilib ishga tushirildi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanib, professional oʻqituvchilar tomonidan darslar berilishi boshlandi. Soʻnggi yillarda biz oʻzgarishlar, yangilanishlar, erkinliklar davrida yashayapmiz. Yangi Oʻzbekiston uchun qilinayotgan har bir ishlarga shohid boʻlmoqdamiz. Yurtimiz manfaati, tinchligi, osoyishtaligi uchun katta qadamlar tashlamoqdamiz. Qolaversa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vertual qabulxonasi ishga tushirildi. Ular joylardagi muammolarni chuqur tahlil qilib, hal qilish mexanizmi sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qisqa vaqt ichida, aholini tashvishga solayotgan masalalarni yechish boʻyicha asosiy vositaga aylandi. Davlat organlari, mansabdor shaxslar jamiyat oldidagi javobgarlik tamoyilini amalga oshirmoqda.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan oʻzaro iqtisodiy va siyosiy aloqalar oʻrnatdi. Aksariyat xalqaro ekspertlar va xorijiy siyosatchilar fikriga koʻra, bugun Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining misli koʻrinmagan ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, aniq va konstruktiv siyosatni olib bormoqda. Qoʻshni mamlakatlar bilan savdo- iqtisodiy, sanoat, ishlab chiqarish sohalaridagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda, ular bilan savdo aylanmasi hajmi milliard dollarga koʻtarilgan.

Sport sohasini olaylik, hozirda mamlakatimiz oltin medallar soni boʻyicha 5 - oʻrinni egallagani oʻzbek sporti tarixida eng yaxshi natija boʻldi. Bugungi kunda Oʻzbekiston milliy sport federatsiyalari 32 sport turi boʻyicha xalqaro federatsiyalarning aʼzosi hisoblanib ular xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Sportchilarimizning yuqori choʻqqilarga erishishida yurtimiz bayrogʻini yuqorilarga koʻtarishda respublikamizning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishda oʻrni beqiyosdir.

Hozirda bizni oldimizda yangi Oʻzbekiston nufuzini yanada oshirish vazifasi turibdi. Bu yoʻlda biz yoshlar aqlimizni, intelektual salohiyatimizni, bilim va koʻnikmalarimizni oshirishimiz darkor. Iqtisodiy oʻsish nuqtalarini topishimiz zarur. Bu yoʻlda Prezidentimiz taʼkidlaganidek katta bilim, tajriba, tinimsiz oʻqib- oʻrganish, izlanish, yangilikka intilish, yuqori investitsiya va texnalogiyalar joriy qilishimiz lozim.

Biz yoshlar Yangi Oʻzbekiston uchun keng koʻlamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda hal qiluvchi kuch boʻlib maydonga chiqmogʻimiz lozim. Zamonaviy bilim olgan, kasb-hunarlarni oʻrgangan, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan yoshlar mamlakatimizni yanada taraqqiy etishida yetakchi oʻrin tutadi. Masalan chet tilini bilishning samarasi haqida aytadigan boʻlsak, chet tilini oʻrganish natijasida soʻzlashish imkoniyati kengayishi, chet el mamlakatlariga borishi, u yerning urf-odat, anʼanalarini oʻrganish mumkin. Chet elliklar bilan hamkorlik olib borish, diplomatik aloqalarni yoʻlga qoʻyish, mahsulotlarni eksport, import qilish masalalarini kelishi mumkin boʻladi. Bu har ikkala davlat uchun ham ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda samarali natijalar olib keladi.

Tarixdan maʼlumki: ilm-fan buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan buyuk allomalarimiz meroslariga sodiq yoshlar ularning ishlarini davom ettirib, oʻzlarining bilim va yangicha gʻoyalari asosida yurt ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Biz yoshlar butun jamiyatimizning intelektual salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va qobiliyatimizni oʻstirishimiz kerak.

Fikrimni xulosalab shuni aytishim mumkinki: Oʻzbekiston taraqqiyotning tarixiy va hal qiluvchi bosqichidan oʻtib bormoqda, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning misli koʻrilmagan keng koʻlamli dasturi amalga oshirilmoqda. Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekistonning yaqin yillarda dunyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishiga xizmat qiladi. Prezidentimiz bildirgan ishonch, yaratayotgan shart-sharoitlari va qaratayotgan eʼtiborini masʼuliyat bilan anglagan holda, biz yoshlar ularning ijrosi uchun labbay deb javob bera olishimiz, agar zarur boʻlsa jonimizni ham fido qilishga tayyor turishimiz kerak. Chunki bu yurtning ajdodlari buyuk, avlodlarida esa mana shu buyuklar qoni oqmoqda. Shubhasiz men mana shunday yangi makon, yangi zamon bunyodkorlari safida ekanligimdan faxrlanaman. Uning rivojlanishi uchun qoʻlimdan keladigan barcha ishlarni qilaman va qilishga vaʼda beraman.

Report Page