“Yangi Konstitutsiya-yangi huquqlar kafolati” mavzusida huquqiy tadbirlar davom etmoqda

“Yangi Konstitutsiya-yangi huquqlar kafolati” mavzusida huquqiy tadbirlar davom etmoqda

Asaka tumani adliya bo`limi yuridik xizmat ko`rsartish markazi

Asaka tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Asaka tuman axborot-resurs markazi, madaniyat markazi xodimlari ishtirokida Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Targ'ibot davomida, O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati va unda inson qadri tamoyillarining muhim ahamiyat kasb etganligi, bunda ta'lim sohasi alohida e'tiborga olinib, davlat uzluksiz ta'lim tizimini ta'minlashi haqida atroflicha ma'lumot berib o‘tildi.

Shu bilan birga, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi etib belgilangi ham alohida ta'kidlab o'tildi.

ASAKA TUMAN ADLIYA BO'LIMI


Report Page