Axborot texnologiyalari olamida yaltir-yultir obyekt sindromi
A'zam Mamatmurodov - @azam_mamatmurodov🧠Axborot texnologiyalar(AT) olamida yaltir-yultir obyekt sindromi: Sizga imkoniyat sifatida tuyulgan, ammo chalg'ituvchi omillar qurbonisizmi?
Jadallik bilan rivojlanayotgan texnologiyalar olamida o'z yo'lidan chalg'ib ketish oson bo'lib qoldi. Har kuni yangi "framework", kutubxona, kurs yoki biznes modellar paydo bo'ladi. Ammo doimiy ravishda yangi narsalarni ortidan quvish ko'pincha ishlarimizni oxirigacha yakunlanmasligiga va diqqatimizni yo'qotishimizga olib keladi.
🔍 Yaltir-yultir obyekt sindromi(YSN) ?
Yaltir-yultir obyekt sindromi - mavjud ustuvor vazifalardan og'ishgan holda, ayni damda "moda" bo'layotgan - yangi, qiziqarli g'oya yoki tendensiyaga ergashish.
💻 AT da hayotiy misollar:
- Backend dasturchi Django'dan Node.jsga, keyin esa Go tiliga o'tadi va hech biridan chuqur bilim va tajribaga ega bo'lmaydi.
- Yakka dasturchi mobil ilova yaratishni boshlaydi, so‘ngra sun’iy intellektga, so‘ngra elektron tijoratga o‘tadi. Hech qaysi g'oya oxirigacha yetkazmaydi.
- Kichik dasturchi 5 ta Udemy kurslarini sotib oladi, lekin hech birini to'liq o'rganmaydi va oxiriga yetkazmaydi.
Tanish holatmi?

✅ Doimiy yangi narsalarga chalg'ishning ijobiy tomonlari:
- Yangi tendentsiyalar va vositalardan xabardor bo'lib borish
- Turli sohalar bo'yicha kengroq tushunchaga ega bo'lish
- Yuqori moslashuvchanlikka ega bo'lish
❌ Doimiy yangi narsalarga chalg'ishning salbiy tomonlari:
- Sayoz bilimlarga ega bo'lish
- Ko'plab oxiriga yetmagan loyihalar
- Xafsalani pir bo'lishi va o'z ishidan bezish
- Karyera o'sishining sekinligi
🎯 Ushbu chalg'ituvchi o'zgarishlar davrida bilan qanday qilib diqqatni jamlash mumkin:
- Aniq maqsad qo'yish va u asosida qarorlar qabul qilish.
- Boshlagan har bir ishni oxiriga yetkazish, uning natijasi xoh muvaffaqiyatli bo'lsin xoh muvaffaqiyatsiz.
- Joriy ustuvor g'oya/vazifalar o'rniga, "G’oyalar garaji" ko'rinishida g'oyalar ro'yxatini shakillantirish (har birini zarur paytda ustuvor vazifalaringizga qo'shiladi).
- Ma'lumotni qabul qilishga cheklov qo'yish. Juda ko'p ma'lumot = tarqoq diqqat.
- Yo'nalishingiz va rivojlanishingizni ko'rib chiqish uchun har haftalik tahlillarni o'tkazib turish.
"Yuzta sayoz quduq qazimang. Bitta quduqni suvga yetguncha chuqur qazing."
Mahorat — chuqur tushunishdan kelib chiqadi, yuzaki shug‘ullanishdan emas.
💬 Yaltir-yultir obyekt sindromiga chalinganmisiz? Jadallik bilan o‘zgarayotgan dunyoda diqqatni qanday jamlaysiz?