Millionlar qalbini zabt etgan shoir.

Millionlar qalbini zabt etgan shoir.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi

Hamma shoir ham vatan, ona deya kuylashi mumkin-u, ammo ona yurtni maromiga yetkazib, yurakdan kuylay oladigan, xalq dilini biladigan ijodkorgina chin shoir bo'la oladi! Muhammad Yusuf qisqa umri davomida chin shoir bo'la olgan adibdir. Shoir she’rlari orqali odamlarni unutayozgan qadriyatlarimizni, millatimizni asrab avaylashga chorlaydi.

Joriy yilning 26-aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi tuman xalq ta'limi bo'limi hamda yoshlar ittifoqi Vobkent tuman Kengashi bilan hamkorlikda el sevgan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan "Millionlar qalbini zabt etgan shoir" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etdi.

Tadbirda o'quvchilar shoir hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar berdilar. Qo'shiqqa aylangan she'rlariga raqsga tushdilar. "Beshinchi o'g'il" nomli she'riga sahna ko'rinishi namoyish etdilar. Adib ijodiga oid she'rlaridan namunalar aytdilar.

Tadbir so'nggida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Vobkent tuman bo'linmasi rahbari N.Rustamov so'zga chiqib, tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Hech bir kitobxon yo'q-ki, uning javonidan Muhammad Yusufning kitobi topilmaydigan, hech bir inson yo'q-ki, uning misralaridan mehr- muhabbat hissini tuymagan! U shunday iste’dodli shoir-ki, uning har bir she’rida xalqning quvonch-u iztiroblari, orzu va armonlarini madh ettilgan. Shoirning dilga yoqar misralarini hirgoyi qilmagan bironta o'zbek farzandi topilmasa kerak deya ta'kidladilar.





Report Page