Yakkashoxlar choʻli: startapni arablarning Kremniy vodiysiga chiqarishni qanday qoʻldan boy bermaslik mumkin

Yakkashoxlar choʻli: startapni arablarning Kremniy vodiysiga chiqarishni qanday qoʻldan boy bermaslik mumkin


MENA – Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning ulkan hududi boʻlib, 355 million aholiga ega yigirma mamlakatlarni birlashtiradi. Dunyoning eng katta uglevodorod zaxiralari uning hududida toʻplangan, shuning uchun MENA mamlakatlari oʻz daromadlarini asosan neft savdosidan oladi. Soʻnggi paytlarda ularni iqtisodiy oʻsish va xalqaro investitsiyalarga eʼtibor birlashtirdi. Oʻz biznesini BAA va Saudiya Arabistonida rivojlantirayotgan Realiste IT kompaniyasi asoschisi Aleksey Galtsev Sharqda qanday biznes yuritish kerakligini aytib beradi.

Nima uchun MENA startaplar va investorlarni jalb qilish markaziga aylanmoqda

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi” va sanksiyalar tufayli BAAga rekord miqdordagi boy odamlar (kamida 15 ming) va Rossiyadan millioner investorlar (taxminan 4 ming kishi) jalb qilinadi, yana 2500 nafari Isroildan tanlanadi.

Kapitallar nima uchun aynan u yerga ketyapti, nega korxonalar aynan Yaqin Sharq mintaqasida kengayish imkoniyatiga eʼtibor berishi kerak? Buning bir qancha sabablari bor.

  • Iqtisodiy istiqbollar. MENA (Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika) mintaqasi, xususan, BAA, Saudiya Arabistoni va Isroil iqtisodiyoti past inflyatsiya va yuqori salohiyatga ega rivojlanayotgan davlatlardir. Mutaxassislar — Jahon banki hozirgi geosiyosiy noaniqlik sharoitida ham mintaqa yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda oʻsishini taxmin qilmoqda.
  • Hukumatlar IT-klasterlar rivojlanishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Ushbu gʻoyaga milliardlab dollar sarmoya kiritilmoqda. Shu tariqa Saudiya Arabistoni hukumati koʻmagida uning poytaxtida Apple va Google nomi bilan atalgan, oʻz tarixini garajlarda boshlagan Garage IT-xabi qurildi va ishga tushirildi. BAAning asosiy shahri Abu-Dabida IT startaplarini qoʻllab-quvvatlash uchun kuchli Hub71 yaratildi.
  • Shunchaki biznes boshlash. DIFC va DMCC offshor kompaniyalari orqali hatto Amirliklarga kelmasdan turib ham Dubayda oʻz kompaniyangizni ochishingiz va roʻyxatdan oʻtkazishingiz mumkin. Roʻyxatdan oʻtish bilan bogʻliq barcha masalalar, agar istasangiz bunga munosib miqdorni ham (bir necha yuz ming rubl ichida) investitsiya qilishga tayyorlik holati juda tez hal qilinadi, daromadga soliqlar yoʻq.
  • Yer arzon. Bu yerda narxlar oʻsib bormoqda, ammo ular hamon ehtimoliy darajadan pastroq. Shunday ekan, Dubaydagi mashhur Burj Xalifa osmonoʻpar binosidan 100 million rublga maydoni 200 kv.m. boʻlgan uyni sotib olishingiz mumkin. Taqqoslash uchun: Moskvada bu pulga Dinamo tumanida atigi 150 “kvadrat” sotib olish mumkin boʻladi.

Bu omillarning barchasi mintaqaning investitsiyalar va startaplarni rivojlantirish uchun jozibador boʻlishiga imkon yaratdi. Har qanday koʻchmas mulk sotib olinmoqda, Rossiya kompaniyalarining top-menejerlari aniq yurisdiksiyaga pul oʻtkazish uchun oʻz bizneslarini boshlamoqdalar va yuqori malakali migrantlarning umumiy soni (nafaqat Rossiyadan) doimiy ravishda oshib bormoqda.

Bundan tashqari, BAA va Saudiya Arabistoni bozori shunchalik “och” boʻlib, eng yirik arab birjasi Tadawul (Saudiya Arabistoni) ga kiradigan IT-kompaniyasi “yakka shox” boʻlish uchun haqiqiy imkoniyatga ega. Koʻpchilik, masalan Sary yoki Tamara kabilar ommaga tanilishdan oldin koʻp million dollarlik pul yigʻadi.

Dubayda bir oy: startap jamoasining shaxsiy tajribasi

Realiste jamoasi bilan bir oy oldin Moskvadan Dubayga koʻchib oʻtdik. Loyihaning mohiyati koʻchmas mulk bozorini 24/7 rejimida kuzatib boruvchi, xaritada sotib olishning eng foydali variantlarini ajratib koʻrsatuvchi, uylarni baholaydigan hamda ijara va qayta sotilgan taqdirda ularning rentabelligini hisoblab chiqa oladigan sunʼiy intellektga (AI) asoslangan dvigateldir.

Shu vaqt ichida kompaniyani rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish, investitsiya raundini yigʻish va nufuzli edvayzerlar (maslahatchilar) yordamini jalb qilish mumkin edi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda kengayishni davom ettirdik. Yuzdan ortiq uchrashuvlar oʻtkazdik, endilikda esa arab dunyosi realligida texnologik startapni qanday targʻib qilish boʻyicha insayder maʼlumotlarini baham koʻrishimiz mumkin.

Arab bozorida qanday loyiha bilan chiqishingizdan qatʼiy nazar, anʼanalar farqidan xabardor boʻlishingiz va mahalliy qoidalar hamda mahalliy bozorga moslashishga tayyor boʻlishingiz kerak. Dubayda muvaffaqiyatli ish boshlash uchun eʼtiborga olish kerak boʻlgan muhim omillar:

Edvayzer yordami. Bu eng muhim jihatlardan biridir. Kattalarga, har qanday sohada obroʻ-eʼtiborga ega boʻlganlarga hurmat koʻrsatish mahalliy mentalitetning bir qismidir. Eshiklar sizga ochilishi uchun bozor sektoringizdan jiddiy maslahatchi, imkon qadar tezroq mahsulotingizga ishonadigan nufuzli arabning yordamiga murojaat qilishingiz kerak. Agar uni gaplariga quloq solsangiz, rivojlanishingiz ancha oson boʻladi.

Bozor uchun gʻoyalarni ishlab chiqish. Arab Kremniy vodiysida kuchli inkubatsiya orqali investitsiyalarni jalb qilmoqchi boʻlgan startaplar soni kundan-kunga ortib bormoqda, shuning uchun birinchi uchrashuvlar oldidan imkon qadar koʻproq tayyorgarlik koʻrish muhimdir.

  • Birinchi qoida: gʻoya natijalar bilan qoʻllab-quvvatlanishi, tez foyda olish istiqboliga ega boʻlishi va mahalliy aholiga foyda keltirishi kerak. Sarmoyadorlar va potensial sheriklar uchun “kapotingiz” ostida nima borligini bilish unchalik muhim emas. Ular oʻrtacha uch yil ichida tezda naqd pulga kirishingiz mumkin boʻlgan loyihalarga qiziqishadi. Eng muhim mafkuraviy jihat: arablar mahalliy aholi turmush darajasini yaxshilaydigan global transformatsion mahsulotlarga sarmoya kiritishni istaydi. Dubaydagi biznesmen va investor innovatsiyaning maqsadga muvofiqligini muhokama qilish uchun hukumatdan kimdir bilan uchrashuvga shunchaki borishi ham mumkin.
  • Ikkinchi qoida: gʻoya mahalliy (!) bozor ehtiyojlariga javob berishi kerak. Mana shu yerda biz xatoga yoʻl qoʻydik va oʻz ishimizni dastlab uylarni tez va foydali almashish imkoniyati nuqtai nazaridan koʻrsatdik. Shundan soʻng, Dubayda xaridorlarning 90% almashish uchun bu yerda uy-joyga ega boʻlmagan ekspatlar ekanligini tushundik. Allaqachon “dalada” boʻlgan mahsulotimiz asosida asosiy biznes modelini yangilashim kerak edi. Bunday xatolikka yoʻl qoʻymaslik, shunday boʻlsa ham uni tezda tuzatish uchun potensial hamkorlar va investorlar bilan dastlabki uchrashuvlarni sotuvlarni hisobga olib emas, balki CustDev uchun, yaʼni tadqiqot maqsadlarida oʻtkazishingiz kerak. Jamoaning kuchli tomonlarini taʼkidlash, asoschining tajribasi haqida gapirish, mahsulotni tanishtirish va keyin savollar berish kerak: “Nima deb oʻylaysiz? Uni qanday sotgan boʻlardingiz? Bu qiziq boʻlarmidi?” U yerda tavsiyalar va gʻoyalarni mamnuniyat ila baham koʻrishadi. Ular bizga savdo tamoyilini shu tarzda “tugatishga” yordam berishdi.

Oddiy soʻzlar. Bu yerda venchurlar va startaplar madaniyati endigina paydo boʻlmoqda, ingliz tili faol qoʻllanilmoqda, ammo hanuz ona tilida soʻzlashuvchilar darajasida emas. Tushunarli boʻlish uchun oddiy gapirishingiz, qisqa va aniq takliflar berishingiz lozim. Sizga va texnologiyangizga ishonadigan odamlarni toping, soʻngra ulardan tushunarli takliflar boʻyicha yordam soʻrang — ularning maslahati uchun pul toʻlang, tanishuv va shartnoma uchun variant bering va hokazo. Yana bir narsa: har qanday murakkab nutqni uchta oddiy qismga boʻling.

Jonli uchrashuvlar. Biz Rossiyada kun davomida ishlashga va muammolarni hal qilish uchun videokonferentsiyadan foydalanishga odatlanganmiz. Ammo bu yerda kunning issiqligi sabab ish uchrashuvlari koʻpincha kechqurun va tunda boʻlib oʻtadi va muloqotning asosiy formati oflayndir.Dubayda ishbilarmonlik aloqalarini saqlab qolish uchun hamkorlar va investorlar bilan doʻstona muloqot qilish, shaxsan uchrashish va hatto yuzidan oʻpib qoʻyish muhim. Uchrashuvlar samarali boʻlishi uchun muloqotni shunday qurishingiz kerakki, suhbatdoshingiz mahsulotingizga hissiy jihatdan qiziqish bildirsin. Bu yerda hamkorlar bilan doʻstlashish va ularga hissiy darajada ishonish odatiy holdir, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Tarmoq prinsipi. Bir-ikkita aloqa oʻrnatib, qutilmaysiz. Bu yerda sizga tez va sifatli tarmoq kerak. Buning uchun biroz izlanishingiz va oʻzingizni qiziqtirgan bozorda “shou” ni kim boshqarishini aniqlashingiz kerak — asosiy hokimiyat arboblari, muvaffaqiyatli biznesmenlar, investorlar va taʼsischilar. Keyin hamkorlar, investorlar, maslahatchilar sifatida sizni qiziqtiradigan maqsadli shaxslar (maqsadli shaxslar) roʻyxatini tuzishingiz kerak. Roʻyxatga asoslanib, uchrashuvlar tashkil qiling va suhbatdoshlarga roʻyxatni koʻrsating, shunda ular oʻz navbatida sizni kerakli odamlar bilan tanishtiradilar. Olti qoʻl siqish qoidasiga rioya qiling.

Xulosa

Arab Kremniy vodiysi ish beradigan, istiqbolli loyihalarga yoʻl ochadi. Bu yerda hech qanday sehr yoʻq, ammo qoʻllab-quvvatlash va innovatsiyalarni ilgari surishda yordam berish istagi bor, byurokratiyaning kamaytirilayotgani ham anchayin sezilarli.

BAA, xususan, texnologik startaplarni rivojlantirish uchun global nuqtaga aylanmoqda va bu mintaqa, ayniqsa, rossiyalik venchur investorlar uchun hozir, baʼzi boshqa kengayish imkoniyatlari mavjud boʻlmagan vaziyatda manfaatli. MENA mintaqasida kengayishning qoʻshimcha afzalligi kapitalni “oʻz” jamoalariga ishonib topshirish osonroq boʻlgan, ammo xalqaro yurisdiksiyaga ega boʻlgan vatandosh investorlarning alohida qiziqishi boʻlishi mumkin. MENA trendga aylanib bormoqda, biznes-migratsiya esa – asosiy oqimga.

https://www.forbes.ru/mneniya/472791-pustyna-edinorogov-kak-ne-provalit-vyvod-startapa-v-arabskuu-kremnievuu-dolinu 

Report Page