Yakkabog' tumani filiali hafta ichida

Yakkabog' tumani filiali hafta ichida


Yakkabog' tuman filialiga 8-12-may kunlari oralig'ida 44 ta ko'p qavatli uydagi xonadonga, 4 ta noturar binoga, 16 ta yakka tartibdagi turar-joyga, 24 ta yer uchastkasiga kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 44 ta murojaat kelib tushgan.

Shuningdek, hafta davomida kadastr xodimlari tomonidan arxiv bazasidagi 205 ta ko'chmas mulklarning kadastr hujjatlari qayta o'rganib chiqildi.

Bundan tashqari, 5 ta fermer xo'jaliklari bilan 101.75 gektar yer maydoniga qayta shartnoma tuzildi va Uz kad dasturiga kiritildi. 15 ta dehqon xo'jaliklari va korxonadagi 4.5 gektar yer maydoni hisobga olindi.


Dasturdagi 10 ta korxona yerlaridan 8.0 gektar yer maydonlarining yer turi to'g'riligi ta'minlandi. Hisobga olingan 3 ta fermer xo'jaliklaridagi 89.0 gektar yer maydoni davlat ro’yxatidan o’tkazildi.   

   

Filial mas'ul xodimlari tomonidan 0.02 gektar teng 2 ta bo'sh yer maydoni “YERELEKTRON” tizimiga kiritildi.


Filialda hafta davomida nizoli masalalar SO’ROVNOMALAR bo'yicha jami 4 ta murojaatlar kelib tushgan. Kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi kadastr xodimlari tomonidan o’rganilib ijobiy hal etilgan,  4 tasiga huquqiy tushunchalar berilgan.

Report Page