Yakkabog' tumani filiali hafta ichida
qashkadastrpressDavlat kadastrlari palatasi Yakkabog’ tuman filialiga 25-28-aprel kunlari oralig'ida 15 ta noturar binoga, 7 ta yakka tartibdagi turar-joyga, 2 ta yer uchastkasiga kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 24 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur arizalar asosida 19 ta yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.
Shuningdek, filalimiz tomonidan 25-apreldan 28-aprelgacha 0.0642 gektarga teng 6 ta bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida. aniqlanib, “YERELEKTRON” tizimiga kiritildi.
Bundan tashqari, ko'chma savdo joylarini tashkil etish maqsadida 0.0100 gektarga teng 4 ta bo'sh yer maydonlari aniqlanib,“K-SAVDO” tizimiga kiritildi.
Obyektni ixtisosini o'zgartirish va rekonstruksiya qilish bo'yicha esa filialimizga 6 ta murojaat bo'ldi. Shundan 1ta murojaat ijobiy hal etilgan bo'lsa, 5 ta murojaat ayni paytda o'rganib chiqilmoqda.
Turar va noturar obyektlarni foydalanishga qabul qilish bo'yicha esa filialga 3 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 2 tasi ijobiy hal etilgan bo'lsa 1 ta murojaat esa ayni paytda o'rganib chiqilmoqda.
Mas'ul xodimlar tomonidan Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan ko’chmas mulklarga oid 3571 dan ziyod kamchiliklar bartaraf etildi.
(Hozirgi kunga qadar filialimiz arxivida 43170 ta turar joy va 7105 ta noturar joy toifasidagi kadastr hujjatlari yigma jildlari saqlanib kelinmoqda.) Hafta davomida uy-joyning kadastr hujjatidan nusxa olish masalasida masalasida ma'muriy organlardan 3 ta SO’ROVNOMALAR kelgan. Kelib tushgan jami 3 ta murojaatlardan 2 tasi kadastr xodimlari tomonidan o'rganib chiqilib ijobiy hal etilgan bo'lsa, 1 ta murojaat bo'yicha vakolat doirasida huquqiy tushuntirish berildi.
Bir hafta ichida Uz kad dasturiga tumandagi 405 gektar yer maydoni hisobga olindi. Hisobga olingan 106,55 gektar yer maydoni davlat ro’yxatidan o’tkazildi.