Yadro reaktorlari turlari
Tadqiqot reaktorlari – ilm-fan rivojlanishi, keng ko’lamli tadqiqotlarni amalga oshirish, kadrlar bilim va malakasini oshirish uchun mo'ljallangan. Tadqiqotlar natijalari sanoat, tibbiyot, qishloq xo'jaligi va kriminalistika sohalarining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmoqda.

Yuqori haroratli gaz bilan sovutiladigan reaktorlar. Ushbu tipdagi reaktorlar ham sanoat reaktorlaridir (elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga mo'ljallangan). Issiqlik uzatuvchi (ishchi jism) o'rniga karbonat angidrid gazi(CO2) va geliy (He) ishlatiladi – shu sababdan bu turdagi reaktorlar gaz bilan sovutiladigan reaktorlar deb nomlangan. Bu kabi reaktorlarga: HTGR (VTGR) va MAGNOX reaktorlarini misol keltirish mumkin.

БРЕСТ – tez neytronlarga mo’ljallangan tabiiy xavfsizlik hisobga olingan, yopiq yadro yoqilg’isi sikli (YYYS) natijasida radioaktiv chiqindilar muammosi vujudga kelmaydigan texnik jarayonlarni o’zida mujassam etgan reaktor turi.
Ma’lumot uchun: 2028- yilda ushbu reaktorni ishga tushurish rejalashtirilmoqda, loyiha qurilish jarayonida.

(http://proryv2020.ru/o-proekte/)
Bugungi kunda ko’plab AESlar Suv-Suvli Energetik Reaktorlar bilan jihozlangan. Ushbu reaktorlarda suv issiqlik tashuvchi (ishchi jism) va neytronlarni sekinlashtiruvchi sifatida ishlatiladi. SSER(ВВЭР) 2 kontur ega, issiqlik neytronlariga mo’ljallangan reaktorlardir. Aynan mana shunday reaktor ilk 3+ avlod reaktorlarining birinchi qurilmasiga aylandi (2016-yilning avgustida ishga tushgan).

Ma’lumot uchun: 3+ avlod reaktorlari "Fukusimadan keyingi" talablarni hisobga olgan holda xavfsizlikni ta'minlashni anglatadi.
Shuningdek, transport vositalarining dvigatellarini quvvat bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan reaktorlar – transport reaktorlari deb ataladi. Energetik reaktorlar turkumiga kiruvchi bunday reaktorlar atom muzyorar kemalarda keng qo’llaniladi.

