Buxoro shahar 2-оilaviy poliklinikasi hududidagi Navro'z MFY da o'tkazilgan umumxalq hasharidan foto lavhalar

Buxoro shahar 2-оilaviy poliklinikasi hududidagi Navro'z MFY da o'tkazilgan umumxalq hasharidan foto lavhalar


O'zbek xalqi azal-azaldan "Navro'z" nafasi kelishi bilan yurtini obod qilish uchun, ariq va zovurlarini tozalaydi. Atrof-hududlarni maishiy chiqindilardan tozalash uchun ko'chalariga suv sepib supirishadi. Daraxt va nihollarga shakl berib, yurt obodligini, ko'rkamligini saqlashga xizmat qilishadi.

Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.

"Hashar — elga yarashar" degan maqol bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bag'rikenglik, o'zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko'chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.

Navro'z"ning qadimiy falsafasi ham shu!

 Qolaversa, bu umumxalq bayrami oldidan o'tkaziladigan an'anaviy xayriya hasharlarining asl mohiyatini ham yaqqol ifoda etadi. Qadriyatda qadrimiz bo'lsin, deydi ota-bobolarimiz.


Buxoro shahar 2-oilaviy poliklinika bosh vrachi K.S.Bakayev

Report Page